O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/106
tarix30.11.2022
ölçüsü1,36 Mb.
#71426
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   106
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Kartel modeli. Kartel modeli aynan kooperatsiyalashgan oligopoliyaga 
mos keladi. Kartel modeli duopol bozordagi ikkala firmaning ma’lum bir 
shartnoma asosida raqobatchi kuchlarni bozordan chetlatish maqsadida birgalikda 
kelishib harakat qilishiga asoslanadi. Shartnomada firmalarning har biri qancha 
miqdorda tovar ishlab chiqarishi, uni qanday narxda sotishi va tushgan foydani 
qanday qilib o‘rtada bo‘lishi, patent va axborotlarni o‘zaro ayriboshlash jarayonlari 
kelishilgan holda ko‘rsatilishi lozim. Firmalar kelishib harakat qilganda umumiy 
foydani maksimallashtiradilar. Ikkala firmaning kelishib harakat qilishi duopol 
bozorda sof monopoliyani vujudga kelishiga olib keladi. 
Kartellar milliy va xalqaro bo‘lishi mumkin. Xalqaro kartelga yorqin misol 
OPEK tashkilotidir. Bu tashkilot a’zo mamlakatlar o‘zaro kelishib neft eksport 
qilish bilan shug‘ullanadilar. Bu orqali ular 1970-yillardan beri jahon neft 
narxlariga samarali ta’sir etib kelmoqdalar.
Narx belgilashda liderlik modeli. Narx belgilashda liderlikda lider-firma 
narxni birinchi bo‘lib, belgilaydi, qolganlar uning narxiga qarab o‘z narxlarini 
belgilaydilar. Bunday firmalarni ergashuvchi firmalar deymiz. Lider-firmaning 
narx belgilashi, lider narxni belgilaganda ergashuvchi firmalarning harakatiga 
bog’liq, ya’ni lider narxni oshirsa, ergashuvchilar ishlab chiqarishni oshiradilarmi 
yoki bozordagi oldingi ulushini saqlaydimi? Agar ergashuvchilar o‘z ishlab 
chiqarish hajmlarini cheklasalar, lider foydani maksimallashtiradigan umumiy 
narxni belgilaydi. Yoki, lider o‘z foydasini maksimallashtiradigan narxni o‘rnatadi, 
ergashuvchilar esa ushbu narxda qancha xohlasa, shuncha ishlab chiqarishi 
mumkin bo‘ladi.
 Nazorat savollari 
E


1. Raqobatlashgan monopol bozor muvozanatini belgilovchi ko‘rsatkichlar 
nimalardan iborat ? 
2. Raqobatlashgan monopol bozorning samaradorligi to’g’risida nima deya 
olasiz? 
3. Oligopolik bozor qanday xususiyatlarga ega ? 
4. Kurno muvozanatini izohlab bering. 
5. Kartel modelini tavsiflang.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin