O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Mikroiqtisodiy tahlil kabi makroiqtisodiyotda ham asosiy metod va



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/106
tarix30.11.2022
ölçüsü1,36 Mb.
#71426
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   106
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Mikroiqtisodiy tahlil kabi makroiqtisodiyotda ham asosiy metod va 
ko’rsatmalardan foydalaniladi. 
Makroiqtisodiy tahlil asosida tenglik tushunchalari ham mavjud, ammo 
mikroiqtisodiyotda mikrosub’ektlar muvozanati kuzatilsa, makroiqtisodiyotda 
makroiqtisodiy barqarorlik tahlilini o’zida namoyon qiladi, ya’ni, davlat byudjeti 
defisiti va profisiti. 
Makroiqtisodiyot ham xuddi shu kabi nisbiyliklarni o’rganib, ularning kelib 
chiqish sabablariga, qiyinchiliklarni engib o’tishga, makroiqtisodiy barqarorlikka 
erishishga intiladi. 


Makroiqtisodiyot mikroiqtisodiyotdan farqli o’laroq xalqaro aloqalar, 
ulardagi muammolar, ro‘y berayotgan o‘zgarishlar va bu o‘zgarishlarning milliy 
iqtisodiyot jarayonlariga ta’sirini ham o‘rganadi. Butun dunyo iqtisodiyotida 
globallashuv yuz berayotgan paytda, jahon mamlakatlarining iqtisodiyotini 
nazardan qochirib bo’lmaydi. Shuning uchun makroiqtisodiyotni o’rganishda 
nafaqat ichki iqtisodiyot, balki tashqi iqtisodiy munosabatlarga ham alohida e’tibor 
qaratiladi. 
2. Millliy hisob tizimi 
Makroiqtisodiyotda ishlab chiqarish hajmini aniqlashda milliy hisob tizimi 
ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Milliy hisob tizimi - davlat tomonidan 
umumiqtisodiy faoliyatni tahlil qilish maqsadida yig’ilgan ma’lumotlar 
to’plamidir. Milliy hisob tizimi universal xarakterga ega bo’lib, turli 
mamlakatlarda ma’lumot almashinuvi jarayonida foydalaniladi va xalqaro 
taqqoslash imkonini beradi. 
Millliy hisob tizimiga quyidagi asosiy ko’rsatkichlar kiradi: 
1. 
Yalpi ichki mahsulot 
2. 
Yalpi milliy mahsulot 
3. 
Sof ichki mahsulot 
4. 
Milliy daromad 
5. 
Shaxsiy daromad 
6. 
Tasarrufdagi daromad 
Makroiqtisodiy muammolarni ko’rib chiqishdan oldin, makroiqtisodiyotda 
o’rganiladigan ko’rsatkichlar bilan tanishib chiqish kerak. Ma’lumki, bozor 
muvozanatini, talab va taklifni tahlil qilishda qiymat o’lchovi sifatida miqdor va 
narxni ko’rib chiqqan edik, endi makroiqtisodiyotda qiymat o’lchovi nimalar 
bo’ladi degan savol tug’ilishi tabiiy. 

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin