O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Narxlar darajasi deganda, turli xil tovar va xizmatlarning alohida



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/106
tarix30.11.2022
ölçüsü1,36 Mb.
#71426
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   106
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Narxlar darajasi deganda, turli xil tovar va xizmatlarning alohida 
narxlarini umumlashtiruvchi jami narx tushuniladi.
Narxlarni narxlar darajasiga, jami iste’molchilarning to‘lov qobilyati talabini 
jami talabga, barcha tovar va xizmatlarni esa milliy ishlab chiqarishning real 


xajmiga bunday birlashtirish yiriklashtirish deb ataladi. Ko‘rsatkichlarni 
yiriklashtirishning bu usulidan makroiqtisodiy tadqiqotlarda tez-tez foydalanib 
turiladi. Makrodarajada iqtisodiyotni usiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Yalpi talab va 
yalpi taklif, hamda narxlar darajasi barcha makroiqtisodiy modellar tuzilishining 
asosi hisoblanadi. Oddiy ko‘rinishda ko‘rsatkichlarning o‘zaro bir-biriga 
bog‘liqligi grafik yordamida aks ettiriladi.
11.1-rasm. 
Qarang: 
Экономическая теория: учебник / И.К. 
Станковская, И.А. Стрелец.- 4-е изд., перераб. и доп.–М.:Эксмо,2009.- 480 
стр.- (Полный курс MBA). 287 бет 
Chizmadan ko‘rinib turibdiki, narxlarning o‘zgarishi yalpi talabga aks ta’sir 
ko‘rsatadi, ya’ni, narxlar darajasining o‘sishi o‘z ortidan yalpi talabning 
qisqarishini keltirib chiqaradi va aksincha. Vaholanki, yalpi taklif narx darajasi 
qancha yuqori bo‘lsa, shuncha ko‘p bo‘ladi.
Yalpi talab egri chizig‘i va unga ta’sir etuvchi omillar: 
narxga bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan omillar 
Narxlar darajasi va yalpi talab o‘rtasida teskari bog‘liqlik mavjud bo‘lib, 
narxlarning o‘sib borishi bilan yalpi talab qisqarib boradi va aksincha, narxlar 
darajasi qanchalik past bo‘lsa xaridorlar ko‘proq tovar va xizmatlarni sotib olishni 
istab qolishadi. Ushbu bog‘liqlikni chizma ko‘rinishida ifodalash mumkin. Narxlar 
darajasi va talab qilingan milliy mahsulot hajmi o‘rtasida bog‘liqlikni ifoda 
etuvchi chiziq yalpi talab egri chizig‘i deb ataladi. U alohida tovarga bo‘lgan talab 
egri chizig‘iga o‘xshash ko‘rinishga ega, ammo endi unga talab egri chizig‘i 
yo‘nalishini belgilab beruvchi daromad samarasi yoki o‘rinbosar tovarlar samarasi 
kabi narx omillari ta’sir ko‘rsatmaydi. Yalpi talab egri chizig‘i yo‘nalishiga 

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin