O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/106
tarix30.11.2022
ölçüsü1,36 Mb.
#71426
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   106
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

3. O‘rta muddatli sikl. 


Shunday qilib, o‘rta muddatli sikl – aynan iqtisodchilarning aksariyati 
o‘rgangan va o‘rganayotgan sikldir. Davlatning makroiqtisodiy siyosati asosan shu 
siklni tartibga solishga qaratilgan bo‘ladi. 
Avval aytib o‘tilganidek, o‘rta muddatli sikllarning asosiy sababi asosiy 
kapitalning yangilanishida deb hisoblanadi. 
Investisiyalar – quyidagi omillar tufayli jami talabning eng beqaror tarkibiy 
qismidir: 
♦ birinchidan, investision tovarlarning xizmat muddati noaniq bo‘lib, 
ularning yangilanishini vaqt jihatdan tezlashtirish yoki kechiktirish mumkin; 
♦ ikkinchidan, investisiya jarayonini rag‘batlantiruvchi yangiliklar ham 
muntazam emas; 
♦ uchinchidan, investisiyalar bir qator siyosiy-iqtisodiy omillarga javoban 
amalga oshirilishi mumkin. 
Investisiya jarayonining beqarorligini kuchaytiruvchi ushbu omillarning 
barchasi makroiqtisodiy tebranishlarni kuchaytiradi, makroiqtisodiy vaziyatni 
baholash va uning istiqbolini belgilashni qiyinlashtiradi. 
4. O‘rta muddatli siklning bosqichlari 
O‘rta muddatli siklni o‘rganish uchun uning asosiy bosqichlarini ajratib olish 
lozim (13.1-rasmga qarang). Odatda iqtisodiy sikl to‘rtta fazaga ajratiladi: 
inqiroz (siklik to‘lqinning trend liniyasi uzra joylashgan pasaytiruvchi 
qismi – a qism); 
depressiya (tushkunlik) – (siklik to‘lqinning trend liniyasi ostida 
joylashgan pasaytiruvchi qismi – b qism); 
♦ jonlanish (siklik to‘lqinning trend liniyasi ostida joylashgan yuksaltiruvchi 
qismi – s qism); 
♦ yuksalish (siklik to‘lqinning trend liniyasi uzra joylashgan yuksaltiruvchi 
qismi – d qism). 
Inqiroz – qayta ishlab chiqarishning gurkirab rivojlanayotgan ishlab 
chiqarish mahsulotni sotish bilan bog‘liq keskin muammoga duch kelgan 
vaziyatidir. Bozorga taqdim qilingan tovar va xizmatlar to‘lovga layoqatli munosib 
talabni topa olmaydi. Sotilmay qolgan tovarlar tovar-moddiy zahiralarning 
to‘planib qolishiga olib keladi, foyda kamayadi, ishlab chiqarish hajmlari 
qisqaradi, investisiyalar hajmi ham qisqaradi, ishchi kuchiga bo‘lgan talabning 
pasayishi oqibatida ishsizlik ortadi. To‘lovga layoqali talabning kamayishi 
bularning barchasini yanada kuchaytiradi. 
Depressiya bosqichida investisiyalash mutlaqo to‘xtaydi, iqtisodiyot 
turg‘unlikka yuz tutadi. 
Jonlanish bosqichida so‘nishning eng quyi nuqtasidan o‘tiladi va 
iqtisodiyotning inqirozdan avvalgi holatiga asta-sekin qaytish boshlanadi. Ishsizlik 
qisqaradi, daromad va foyda o‘sadi, investisiya jarayonlari boshlab yuboriladi. 
Nihoyat, yuksalish bosqichida iqtisodiyot gurkirab rivojlanadi, trend ijobiy 
(musbat) bo‘lganda ko‘plab makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha inqirozdan 
avvalgi vaziyatdagi dastlabki darajaga nisbatan yuqoriroq nuqtalarga erishadi, 
yuksalishning eng yuksak nuqtasiga, iqtisodiy siklning cho‘qqisiga yetib boradi, 
so‘ng yana inqiroz bilan almashadi.


U yoki bu mamlkatning iqtisodiyoti iqtisodiy siklning qaysi bosqichida 
ekanligini to‘g‘ri baholash uchun ekspertlar bir qator iqtisodiy indikatorlardan 
foydalanadilar, ya’ni asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasini 
baholaydilar. Qaysi ko‘rsatkichlarning tanlab olinishi mazkur iqtisodiy vaziyatda 
iqtisodiyotning holatini nima eng yorqin xarakterlashiga bog‘liq bo‘ladi. 
Odatda, iqtisodiy sikl indikatorlari sifatida quyidagi ko‘rsatkichlar tanlab 
olinadi: jami ishlab chiqarish (YaIM yoki YaMM), ishsizlik darajasi, tovar-moddiy 
zahiralar va ishlab chiqarish omillari zahiralari, narx darajasi, pul massasining 
hajmi, pullarning aylanish tezligi, qisqa muddatli foiz stavkalari va hokazo. 
U yoki bu makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning sikl bosqichlari bo‘yicha qaysi 
tomonga qarab o‘zgarayotganligiga qarab, ularni siklga hamroh (protsiklik
yuksalishda o‘suvchi, so‘nishda pasayuvchi ko‘rsatkichlar, masalan, jami ishlab 
chiqarish), siklga qarshi (so‘nishda o‘suvchi va yuksalishda pasayuvchi, masalan, 
ishsizlik) va asiklik (davriy bo‘lmagan, ya’ni iqtisodiy siklga bog‘liq bo‘lmagan) 
ko‘rsatkichlarga ajratiladi. 
Tarixi XIX arslarning o‘rtalariga borib taqaladigan o‘rta muddatli sikllar 
haqida gap ketar ekan, ularga bir qator xususiyatlar xos bo‘lganligini ta’kidlash 
lozim. 
Birinchidan, XIX asrning o‘rtalaridan boshlab kuzatilgan sikllar o‘zining 
intensivligi va davomiyligi ko‘ra xilma-xil bo‘lgan. Eng qisqa iqtisodiy sikl
(1920-yillar) taxminan 2,5 yil davom etgan bo‘lsa, eng uzoq sikl (1970-yillarning 
boshi) 117 oy davom etgan. 
Siklik tebranishlarning har xilligiga sabab bo‘ladigan omillar ichida ikkita 
asosiy sababni ko‘rsatib o‘tish joizdir: 
♦ o‘rta muddatli sikllarning uzun to‘lqinlarning turli bosqichlarida uzoq 
muddatli sikllar bilan aralashib ketishi, bu o‘rta muddatli siklning dinamikasini 
o‘zgartirib (buzib) yuborishi mumkin;
♦ hukumatning barqarorlashtiruvchi makroiqtisodiy siyosatining ta’siri. 
Ana shunday siyosat tufayli Ikkinchi jahon urushidan keyin o‘rta muddatli 
siklning yuksaltiruvchi to‘lqini uzunroq, pasaytiruvchi to‘lqini esa qisqaroq bo‘lib 
bordi. Umuman olganda, ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlarning hukumatlari 
makroiqtisodiy barqarorlashtirishni oqilona olib borishni, ya’ni so‘nish davrida 
iqtisodiyotni rag‘batlantirish va qayta ishlab chiqarish inqirozi xavfi mavjud 
bo‘lganda iqtisodiyotni biroz sekinlashtirib turishni o‘rganib oldilar. 
Ikkinchidan, 1970-yillardan boshlab iqtisodiy sikllarning sinxronlashuvi yuz 
bermoqda: ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiy siklning yuksaltiruvchi 
va pasaytiruvchi bosqichlari deyarli bir paytda boshlanayotganligi kuzatilmoqda. 
Buning sababi – mamlakatlarning o‘zaro bog‘liqligining chuqurlashuvi, 
yagona global iqtisodiy makonning shakllanishi, bir mamlakat iqtisodiyotini butun 
jahon iqtisodiy xo‘jaligidan alohida qarash mumkin bo‘lmay qolganligidir. Jahon 
iqtisodiyotining bugungi kundagi yangi axborot texnologiyalari asosida 
globallashuv 
jarayoni 
iqtisodiy 
sikllarning 
sinxronlashuvini 
yanada 
intensivlashtirmoqda. 
Uchinchidan, iqtisodiy sikllarning rivojlanish jarayoniga fan-texnika 
tarayoqqiyoti ham katta ta’sir ko‘rsatmoqda. U asosiy kapitalning yangilanishini 


tezlashtirmoqda, bu esa inqiroz bosqichida nafaqat tovarlarni qayta ishlashga, balki 
kapitalning ham qayta ishlanishiga olib kelmoqda, ishlab chiqarish quvvatlarining 
to‘liq band bo‘lmaslik muammosi keskinlashmoqda, siklning dinamikasi ham 
tobora notekis bo‘lib bormoqda. 
Transmilliy va ko‘pmillatli kompaniyalarning sikllarning sinxronlashuviga 
ham, iqtisodiy siklning bosqichma-bosqich amalga oshish jarayoniga ham ta’sir 
ko‘rsatayotganligini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Bunday kompaniyalar o‘z 
qo‘llarida ulkan hajmdagi kapitalni jamlagan bo‘lib, mamlakatlararo kapital 
o‘tkazish imkoniyatiga, demak, narxlarni yuqori darajada saqlab turish va hatto 
inqirozlar davrida ham daromadni qo‘ldan boy bermaslik imkoniyatiga egadirlar. 
Sikl yanada mavhumlashib, uning kelgusi rivojini oldindan mo‘ljallash qiyinlashib 
bormoqda. 
Shuning uchun bugungi kungi hukumatlar oldida makroiqtisodiy 
prognozlarning to‘g‘riligini ta’minlash va iqtisodiyotni barqarorlashtirish borasida 
ushbu prognozlarga muvofiq chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat muhim 
va o‘ta murakkab vazifa turibdi. 

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin