O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/106
tarix30.11.2022
ölçüsü1,36 Mb.
#71426
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   106
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

1. Iqtisodiy sikl tushunchasi 
Iqtisodiy sikl – asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning (ishlab chiqarish 
darajasi, bandlik, narxlar) muntazam ravishda o‘zgarib turishi bo‘lib, ularning 
o‘rtacha muddati taxminan 8-10 yilni tashkil etadi. 
Ishlab chiqarishning real hajmi, mahsulot 
Vaqt 
12.1-rasm. Siklik tebranishlar va trend 
Davriy xarakterga ega bo‘lgan siklik tebranishlarni trend bilan – iqtisodiy 
taraqqiyotning uzoq muddatli tendensiyasi bilan adashtirib yubormaslik kerak. Bu 
farqni grafik tasvirlash mumkin bo‘lib (13.1-rasm), unda siklik tebranishlar 
to‘lqinsimon uzluksiz chiziq bilan, trend (ijobiy, musbat) esa – punktir to‘g‘ri 
chiziq bilan ifodalangan. 
Siklik tebranishlarning to‘lqinsimon takrorlanishlari siklni iqtisodiy 
kon’yunkturaning ikkita bir xil holatlari o‘rtasidagi davr deb talqin qilish imkonini 
beradi (grafikda ikki ustki yoki ikki pastki nuqtalar o‘rtasidagi interval). 
Ammo sikllar makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning rivojlanish intensivligiga 
ko‘ra har xil bo‘lishini nazarda tutish zarur, shuning uchun chegaraviy nuqtalar 
trend chizig‘iga nisbatan turli pog‘onalarda paydo bo‘lishi mumkin. 
Iqtisodiy siklning sababi nimada? Iqtisodchilar orasida bu savolga bir xil 
javob yo‘q. Iqtisodiy siklning tabiatiga oid fikrlar xilma-xildir. 
Ko‘pincha siklik tebranishlarni keltirib chiqaruvchi barcha sabablar ikki 
katta guruhga - tashqi (ekzogen) sabablar va ichki (endogen) sabablarga bo‘linadi. 
Mos ravishda iqtisodiy siklning ham ekzogen va endogen nazariyalari mavjuddir. 
Ekzogen nazariyalar siklik tebranishlarni iqtisodiy tizimdan tashqaridagi 
sabablar bilan izohlaydilar. 
Ekzogen nazariya tarafdorlarining fikricha, iqtisodiy sikllarga noiqtisodiy 
omillar sabab bo‘ladi. Bunday omillar qatoriga quyidagilar kiritiladi: 
♦ ruhiy (psixologik) kayfiyatlar (insoniyat jamiyatini qamrab oluvchi 
tushkunlik (pessimizm) va ko‘tarinkilik (optimizm) to‘lqinlari mos ravishda 
iqtisodiy kon’yunkturaning tanazzul va yuksalishlarini keltirib chiqaradi); 
♦ siyosiy shoklar (yuksalishlarni hukumatning saylovlar oldidan jonlanishi 
bilan izohlovchi siyosiy-iqtisodiy sikl nazariyasi); 
♦ tabiiy ofatlar (suv toshqini, zilzilalar tanazzul sabablari sifatida, aholining 
iqtisodiy faolligini quyosh faolligi bilan bog‘lagan Jevonsning quyoshdagi dog‘lar 
nazariyasi va hokazo) 
Ammo, siklik tebranishlarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan turli xil 
tashqi sabablarga qaramay, ko‘pchilik iqtisodchilar iqtisodiy sikllarni baribir 


qandaydir iqtisodiy hodisalar bilan bog‘lash zarur, deb hisoblaydi, ya’ni 
iqtisodchilarning ko‘pchiligi – endogen nazariya tarafdorlaridir. 

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin