11-MAVZU: MAKROIQTISODIY MUVOZANAT: “AD-AS” MODELI Darsning o’quv maqsadi: Talabalarda yalpi talabva unga ta’sir etuvchi omillar, yalpi taklif va unga ta’sir etuvchi omillar, “AD-AS” modeli, narxlarning noelastikligi samarasi xususiyatlari haqida bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat. Tushunchalar va tayanch iboralar Yalpi talab, Yalpi taklif, “AD-AS” modeli, Narxlar darajasi, yiriklashtirish, yalpi talab egri chizig‘i, Foiz stavkasi samarasi, Boylik samarasi, Yalpi taklif,yalpi taklif egri chizig‘i ,Vertikal kesma, Oraliq kesma, Gorizontal kesma, Narxlarning noelastikligi samarasi Asosiy savollar 1.
Yalpi talabva unga ta’sir etuvchi omillar
2.
Yalpi taklif va unga ta’sir etuvchi omillar
3.
“AD-AS” modeli
4.
Narxlarning noelastikligi samarasi
Davlatning makroiqtisodiy boshqaruvining asosiy vazifasi makroiqtisodiy
barqarorlikni ta’minlashdan iborat. Makroiqtisodiy barqarorlik deganda iqtisodiy
inqirozlarga barham berish, iqtisodiy taraqqiyotni ifodalovchi ko‘rsatkichlarni
muayyan darajada saqlab turish va iqtisodiyotni sog‘lomlashtirish tushuniladi.
1. Yalpi talab va unga ta’sir etuvchi omillar Yalpi talab bu – turli narxlar sharoitida davlat, uy xo‘jaliklari, korxonalar sotib olishi mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlarning yalpi xajmidir. Xar qanday bozordagi vaziyat talab va taklifga, ya’ni ular hajmining
o‘zgariga bog‘liq bo‘ladi. Ular o‘rtasida yuzaga kelgan nisbat o‘z ketidan
narhlarning o‘zgarishiga va aksincha, narxlarning (u yoki bu tomonga) tebranib
turishi talab va taklif hajmiga bevosita ta’sir qiladi. Bunday ta’kidlash faqat
qandaydir bir alohida mahsulot yoki xizmatga oid bo‘lmaydi, balki umuman milliy
bozorga ham taaluqlidir. Bunday bozordagi talab alohida haridorlar istagi va sotib
olish qobilyati ko‘rinishida bo‘lmasdan, barcha haridorlarning birlashtirilgan talabi
sifatida amal qiladi va makro darajadagi iste’mol qobilyatini aks ettiradi.taklif esa
milliy ishlab chiqarish yalpi xajmining taklifi sifatida bozorga chiqadi.
Shunday qilib, yalpi talab shu xo‘jaligi, korxonalar, hukumat hamda xorijiy
xaridorlarning milliy ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarga bo‘lgan talabidir.