O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/106
tarix30.11.2022
ölçüsü1,36 Mb.
#71426
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   106
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

qanday omillar ta’sir qiladi?
Bular avvalo quyidagi narx omillaridir: 
1. 
Foiz stavkasi samarasi
2. 
Boylik samarasi; 
3. 
Import xaridlar samarasi
Foiz stavkasi samarasi shuni bildiradiki, agarda mamlakatda pul massasi 
hajmi doimiy deb faraz qilinsa, narxlar o‘sib borayotgan bo‘lsa, bunday holatda 
aholi va korhonalarning harakatlari uchun ko‘proq pul kerak bo‘ladi. Bu esa pulga 
bo‘lgan talabni oshiradi, demak uning narxi, ya’ni foiz stavkasi ko‘tariladi.
O‘z navbatida, yuqori darajadagi foiz stavkasida, aholi va tadbirkorlar o‘z 
harajatlarini qisqartirib, jamg‘armalarni bankka qo‘yishni afzal ko‘rishadi. 
Shunday qilib, narxlarning o‘sishi pulga bo‘lgan talabni ko‘paytirib foiz 
stavkasini ko‘tarilishiga olib keladi va shu tufayli milliy mahsulotning real 
hajmiga bo‘lgan talabni qisqartiradi.
Boylik samarasi shuni bildiradiki, narxlar darajasining o‘sishi bilan 
jamg‘arilgan pul aktivlarining (hisoblardagi omonatlar, obligatsiyalar) real xarid 
qobilyati tushib ketadi. Ya’ni aholi tobora kambag‘allashib boradi va tabiiyki u 
o‘zining tovar va xizmatlarni sotib olishga ketadigan harajatini qisqartiradi. 
Natijada yalpi talab ham kamayadi.
Import xaridlari samarasi deganda shuni tushunish lozimki, qachonki 
narxlar darajasi xorijiy narxlarga nisbatan oshib borsa, mamlakatda ishlab 


chiqarilgan mahsulotlarga bo‘lgan talab kamayadi, import mahsulotlariga esa talab 
oshadi, ya’ni milliy mahsulotga bo‘lgan ehtiyoj qisqaradi. Mamlakatda narxlar 
darajasining pasayishi importning kamayishiga va eksportning kengayishiga sabab 
bo‘ladi yoki boshqacha aytganda milliy mahsulotga bo‘lgan talabni oshiradi.
Narxlar darajasining o‘zgarishi yalpi talab egri chizig‘ining o‘zgarishiga olib 
keladi. Yalpi talab egri chizig‘iga narxdan tashqari boshqa omilar ham ta’sir 
ko‘rsatadi.
Yalpi talabning naxga bog‘liq bo‘lmagan omillariga quyidagilarni kiritish 
mumkin: 

Pul massasining o‘zgarishi (uning oshishi yalpi talabni oshishiga, 
kamayishi yalpi talabni kamayishiga olib keladi); 

Aholi iste’mol xarajatlarining o‘zgarishlari; 

Soliq siyosatidagi o‘zgarishlar; 

Davlat xarajatlaridagi o‘zgarishlar; 

Tashqi 
iqtisodiy 
faoliyatdagi 
o‘zgarishlar 
(masalan, 
boshqa 
mamlakatlardagi ishlab chiqarishning o‘sishi milliy ishlab chiqaruvchilar 
tovarlariga bo‘lgan yalpi talabning pasayishiga olib kelishi mumkin). 

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin