Milliy daromad mahsulotning shunday umumiy qiymatini ko’rsatadiki,
bunda mahsulot egalari sotuvdan tushgan tushumni daromad sifatida qabul
qilishadi.
Shaxsiy daromad - (personal income, PI) - milliy daromaddan minus
korxona yoki firmaning foyda solig’i, foiz va dividendlar to’lab bo’linganidan
keyin qolgan foydasi, ijtimoiy sug’urta badallari va dividendlari, davlat tomonidan
transfer to’lovlarini ayrish orqali hosil qilinadi.
Shunday qilib, ishlab chiqarish omili egalarining
qanchalik foydaga ega
bo’lishganini bilmoqchi bo’lsak,egalik qilish daromadini ko’rib chiqamiz.
Tasarrufdagi daromad - (disposable income, DI) shaxsiy daromaddan
fuqorolar tomonidan to‘lanadigan barcha individual soliqlarni ayirish orqali hosil
qilinadi.
Mavzuda narx o‘zzgarishini hisobga olmasdan, umumiy mahsulot o’lchovli
haqida fikr yuritilayotgan edi. Biroq narxning o‘zgarish
darajasi barcha real
ko’rsatkichlarga sezilarli ta’sir ko’rsatadi, shu sababli mamlakatdagi butun
makroiqtisodiy vaziyatni aniqlash maqsadida narx o’zgarishini ko’rib
chiqish
maqsadga muvofiqdir.
3. Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar: qiymati bo‘yicha
Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni qiymati bo‘yicha hisoblaganda
nominal va real makroiqtisodiy ko’rsatkichlardan foydalaniladi.
Ularni farqlash
uchun nominal va real YAIM misolini ko’rib chiqamiz.
Nominal YAIM - bu YaIMning joriy narxlarda ifodalangan ko’rsatkichidir.
Real YAIM - bu YAIMning bazis davrdagi narxlarda ifodalangan
ko’rsatgichidir.
Nominal YAIMning real YAIMga bo’lgan munosabati YAIM deflyatori deb
nomlanadi:
YAIM deflyatori q nominal YAIM: real YAIM
Deflyatorni hisoblashga misol
Masalan, 2004 - yilda nominal YAIM 12000 shartli pul birlik bo’lsa, real
YAIM bazis yildagi narxda (1995 - yil) 10000
shartli pul birlikka teng, demak,
YAIM deflyatori 12000:10000q1,2. Bu narxlar darajasi 1,2 marta oshganidan
dalolat beradi.
Dostları ilə paylaş: