Agarda tovarlar o‘z savdo belgisi bo‘yicha yuqori mavqega ega bo‘lsa va
ularning absolyut o‘rnini bosuvchi tovarlari bo‘lmasa (ba’zi bir elementlariga
ko‘ra), unda bu bozor
differensiallashgan oligopoliya bozori deyiladi. Bu bozorga
misol qilib,
avtomobil, kompyuter, televizor, alkogolsiz
ichimliklar bozorini
keltirish mumkin.
Oligopol bozor sharoitida
narxlarga ta’sir ko‘rsatish va bozordagi xokimlik
darajasi nisbatan yuqoridir. Lekin amaliyotda oligopoliyalar narx raqobatidan
qochib, stabil narxlarni ushlab turishga xarakat qiladilar.
Oligopol bozorlarga kirish va chiqish, u yerdagi to‘siqlar
xaqida
gapirishdan oldin, bozorlarni ikkiga bo‘lish lozim, ya’ni, asta-sekinlik bilan
rivojlanib, o‘sib borayotgan bozorlar va yangi nisbatan yosh endi rivojlanayotgan
bozorlar. Albatta, birinchi turdagi bozorlarga kirish qiyin chunki,
u yerda yirik
ishlab chiqarish, yuqori texnologiyalar o‘rnatilgan va iste’molchilar ishonchi
qozonilgan bo‘ladi. Ikkinchi turdagi bozorlarga esa kirish nisbatan oson, chunki u
yerda bozor xali to‘liq egallanmagan, investision
faollik yuqori emas,
iste’molchilar talabi xam to‘liq qondirilmagan bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: