Umuman olganda uzoq muddatli muvozanat holatga erishish juda ko‘p vaqt
talab qiladi, lekin qisqa muddatli oraliqda firma katta
foyda olishi ham mumkin
yoki katta zarar ko‘rishi ham mumkin. Biror bir mahsulot turini ishlab chiqarishda
birinchi bo‘lgan firma undan keyin shu ish bilan shug‘ullangan firmaga ko‘ra
ko‘proq qisqa muddatli foyda olishi mumkin. Xuddi shunday zarar bilan
ishlayotgan tarmoqdan birinchi bo‘lib chiqqan firma investisiyalarining ancha
mablag‘ini iqtisod qilib qolishi mumkin. Uzoq muddatli muvozanatlik
konsepsiyasi firmani qanday va qaysi tomonga qarab harakat qilishini ko‘rsatib
beradi.
Dostları ilə paylaş: