O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


- MAVZU: BOZOR TARKIBINING TAHLILI



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/106
tarix30.11.2022
ölçüsü1,36 Mb.
#71426
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   106
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

 


7- MAVZU: BOZOR TARKIBINING TAHLILI. 
MUKAMMAL RAQOBAT MODELI 
Darsning o’quv maqsadi:  
Talabalarda bozorning raqobatbardosh tuzilmasi, tahlil tamoyillari, 
mukammal raqobat modeli va uning xususiyatlari, raqobatli bozorning uzoq va 
qisqa muddatli muvozanati haqida bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdan 
iborat.
Tushunchalar va tayanch iboralar
Raqobat, Oligopoliya, Monopolistik raqobat, Sof monopoliya, Mukammal 
raqobat,
Asosiy savollar 
1. 
Bozorning raqobatbardosh tuzilmasi. 
2. 
Bozor tuzilmalarining tahlil tamoyillari. 
3. 
Mukammal raqobat modeli va uning xususiyatlari. 
4. 
Raqobatli bozorning uzoq va qisqa muddatli muvozanati. 
1. 
Bozorning raqobatbardosh tuzilmasi. Tahlil tamoyillari. 
Ilmiy tilda “raqobat” so‘zining ikki xil ta’rifi mavjud. Birinchisi, bozor 
tuzilmasini ta’riflovchi raqobat, ya’ni, raqobatlashgan bozor, mukamal raqobat, 
monopolashgan raqobat. Ikkinchisi, firmalarning bozorda o‘zaro bahslashishi
kurashish usulini xarakterlovchi raqobat, ya’ni, raqobat kurashi, narxli va narxsiz 
raqobat. Raqobat – bu ne’matlar miqdori va iste’mol talabi cheklangan joyda 
yuzaga keladigan manfaatlar to‘qnashuvi. Iste’molchilar ham, firmalar ham 
raqobatlashishi mumkin. Raqobat quyidagilarga ko‘maklashadi: 
• ishlab chiqarishni kengaytirish va ixchamlashtirishga 
• ilg‘or yangiliklarni joriy etishga 
• resurs xarajatlarini tejashga 
• iqtisodiyotning umumiy samaradorligini oshirishga 
• talabning qulay qondirilishiga 
• narxlarni tenglashtirish va pasaytirishga. 
Bozor tuzilmalarini anglatuvchi terminlar monopoliya, monopsoniya
oligopoliya grek tilidan olingan bo‘lib, poleo – sotaman, psoneo – sotib olaman, 
mono – bir, oligos – bir qancha, poli – ko‘p degan ma’nolarni anglatadi.
Bozor tuzilmasi bozorning eng muhim jihatlarini o‘zida aks ettiradi: 
Masalan, tarmoqdagi firmalar soni, firmalarning bozorga kirib borishi va chiqib 
ketish imkoniyatlari, sotib oluvchilar soni, alohida firmalarning bozordagi 
narxlarga ta’sir eta olish qobiliyati. Firmaning bozordagi narxlarga ta’sir eta olish 
qobiliyati qanchalik past bo‘lsa, mazkur tarmoq shunchalik raqobatbardosh 
hisoblanadi.
Bozor tarkibini tahlil qilishni osonlashtirish uchun iqtisodiy 
nazariyada raqobatning quyidagi 4 ta modeli alohida ajratib ko‘rsatiladi.
1. 
Mukammal raqobat 
2. 
Monopolistik raqobat 
3. 
Sof monopoliya 
4. 
Oligopoliya. 

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin