O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/106
tarix30.11.2022
ölçüsü1,36 Mb.
#71426
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   106
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

mehnatkapital va materiallar
Masalan, mehnat ishlab chiqarish omili sifatida malakali mehnatni 
(muhandis, texnoplog, payvandchi, buxgalter, elektr ustasi), malakasiz mehnatni 
(har xil ishchilar) va korxona rahbarlarining boshqaruv va tadbirkorlik harakatini 
o‘z ichiga oladi. Bu mehnat turlarini umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar mehnat 
sig‘imi va mehnat unumdorligidir. 
Materiallar deganda, ishlab chiqarish jarayonida tayyor mahsulotga 
aylanadigan har qanday moddiy narsani qarashimiz mumkin: butlovchi qismlar, 
yarim fabrikatlar, temir, po‘lat, shisha, yoqilg‘i, yog‘och, paxta va boshqa xom 
ashyolar tushuniladi. 
Moddiy kapital sarfi ishchilar tomonidan binodan, uskunadan, instrumentdan 
va texnologik liniyalardan foydalanishni o‘z ichiga oladi. 
Ishlab chiqarish munosabatlari birinchi navbatda mahsulot ishlab 
chiqarishdagi texnologik munosabatlardir. 
Texnologiya - bu tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish to‘g‘risidagi 
amaliy bilimlardir. Ma’lumki, texnologiyaning takomillashuvi fanda va 
texnikadagi yangi yutuqlarning ishlab chiqarish jarayoniga joriy qilish orqali 
boradi. Yangi texnologiya yangi ishlab chiqarish usullaridan foydalanishni, yangi 
mashina va mexanizmlardan yanada yuqori malakaga ega bo‘lgan mehnatdan 
foydalanishni taqozo qiladi. Yangi texnologiya yangi turdagi mahsulotlarni 
yaratishga yordam beradi. Yangi texnologiya mahsulot sifatini oshirishga, ish 
sharoitlarini yaxshilashga, berilgan resurslar miqdori o‘zgarmaganda ishlab 
chiqariladigan mahsulot miqdorini oshirishga, xarajatlarni kamaytirishga olib 
keladi. 
Ishlab chiqarish funksiyasi. Sarflanadigan ishlab chiqarish omillari 
miqdori bilan, ushbu omillardan foydalangan holda maksimal ishlab chiqariladigan 
mahsulot miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlikni ishlab chiqarish funksiyasi orqali 
ifodalash mumkin. 



Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin