5
*Izoh
Masalalarni yechish uchun kerakli bo’lgan barcha doimiylar
masala shartida berilgan
(suvning zichligi va yorug’likning vakuumdagi tezligidan boshqa). Iplar vaznsiz va cho’zilmas,
bloklar esa vaznsiz va ishqalanishsiz aylanuvchan deb hisoblansin.
Agar alohida aytilgan
bo’lmasa, havoning qarshiligi inobatga olinmasin.
Javoblar masala shartida ko’rsatilgan birliklarda berilgan. Agar shartda bunday ko’rsatma
bo’lmasa, unda javob SI birliklarida keltirilgan.
6
1. KINEMATIKA
Ko’chish. Yo’l. Tekis harakat.
1. Jism koordinatalari (0,3) (m) bo’lgan nuqtadan koordinatalari (3;-1) (m) bo’lgan
nuqtaga
ko’chirildi. Jism ko’chishining modulini toping.
Javob: 5
2. Koptok 3
m balandlikdan tushib, poldan sapchidi va 1 m balandlikka ko’tarilganda
tutib
olindi. Koptok o’tgan yo’l uning ko’chish modulidan necha marta katta?
Javob: 2
3. Samolyot to’g’ri yo’nalishda 600
km uchdi, so’ngra to’g’ri burchak ostida burilib yana 800
km uchdi. Samolyotning ko’chish vektori moduli qanchaga (km da) teng?
Javob: 1000
4. Yo’lovchi ko’cha bo’ylab 240 m yo’l o’tdi, so’ngra chorrahada
burildi va perpendikulyar
yo’nalishda yana 70 m yo’l yurdi. Yo’lovchi o’tgan yo’l uning ko’chishining
modulidan necha
foizga ko’p?
Javob: 24
5.
Jism koordinatasi
7
0