t
A
x
cos
qonun bo’yicha o’zgaradi, bu yerda A = 10 cm. G’isht aravachaga
nisbatan siljimay turadigan maksimal siklik chastota ω ni aniqlang. G’isht va aravacha
orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti 0,5, g=9,8 m/s
2
.
Javob: 7
1519. Ustida brusok yotgan gorizontal taglik vertikal yo’nalishda shunday harakatlana
boshlaydiki, bunda uning koordinatasi
t
A
y
sin
qonun bo’yicha o’zgaradi, bu yerda A = 20 cm.
Qanday maksimal ω siklik chastotada brusok taglikdan uzilmaydi? g=9,8 m/s
2
.
Javob: 7
1520. Massasi 200 g bo’lgan magnit gorizontal metall plitada yotibdi. Magnitni plitadan tortib
olish uchun uni 16 N kuch bilan yuqoriga tortish kerak. Buning o’rniga plitani
t
A
y
sin
qonun
bo’yicha vertikal yo’nalishda tebrantiriladi, bu yerda A = 5 cm. Qanday minimal ω siklik
chastotada magnit plitadan uziladi?
Javob: 40
127
Matematik mayatnik
1521. Birinchi matematik mayatnikning uzunligi ikkinchi matematik mayatnikning
uzunligidan 4 marta katta. Ikkinchi mayatnik tebranishlar chastotasining birinchi mayatnik
tebranishlar chastotasiga nisbatini toping.
Javob: 2
1522. Ikkita matematik mayatnikning biri 40 marta tebranganida, ikkinchisi 20 marta
tebranadi. Ikkinchi mayatnikning uzunligi birinchisining uzunligidan necha marta katta?
Javob: 4
1523. Agar matematik mayatnikning uzunligi 5 cm ga qisqartirilganda, tebranishlar
chastotasi 1,5 marta ortsa, uning dastlabki uzunligini (cm da) aniqlang.
Javob: 9
1524. Matematik mayatnik tebranishlarining xususiy davriy chastotasi qandaydir planetada
5 rad/s ni tashkil etadi. Agar mayatnikning uzunligi 0,4 m bo’lsa, shu planetada og’irlik
kuchining tezlanishi qanchaga teng?
Javob: 10
1525. Oydagi matematik mayatnikning uzunligi (cm da) qanday bo’lganida, uning
tebranishlar davri Yerda joylashgan 54 cm uzunlikdagi matematik mayatnikning tebranishlar
davriga teng bo’ladi? Oydagi og’irlik kuchining tezlanishi Yerdagidan 6 marta kichik.
Javob: 9
1526. Matematik mayatnik Yerdan boshqa planetaga ko’chirilganda, uning tebranishlar davri
3 marta ortdi. Agar Yerning radiusi planetaning radiusidan 2 marta katta bo’lsa, Yerning
massasi planetaning massasidan necha marta katta?
Javob: 36
1527. Matematik mayatnik 0.36g tezlanish bilan tushayotgan tezyurar lift kabinasiga
joylashtirilganda, uning tebranishlar davri necha foizga ortadi?
Javob: 25
1528. Mayatnikli soatda tebranishlar davri 1 s bo’lgan matematik mayatnikdan foydalaniladi.
Soat o’zgarmas tezlanish bilan ko’tarila boshlaydigan raketaga joylashtiriladi. Agar
ko’tarilishning 7 sekundida soatning mayatnigi 8 marta to’liq tebransa, raketaning tezlanishi
qanchaga teng? g=9,8 m/s
2
.
Javob: 3
1529. Ipga osilgan 0,1 kg massali sharcha garmonik tebranadi. Agar sharchaga 200 mkC
zaryad berilsa va kuchlanganligi 40 kV/m bo’lgan, vertikal pastga yo’nalgan bir jinsli elektr
maydonda joylashtirilsa, tebranishlar chastotasi necha marta ortadi? g=9,8 m/s
2
.
Javob: 3
1530. Uzunligi 0,1 m bo’lgan matematik mayatnik 0,007 m amplituda bilan garmonik
tebranadi. Mayatnik yukining eng katta harakat tezligini (cm/s da) aniqlang. g=9,8 m/s
2
.
Javob: 7
1531. Uzunligi 20 m bo’lgan ipga osilgan 499 g massali sharchaga gorizontal uchayotgan 1 g
massali o’q kelib tegadi va uning ichida tiqilib qoladi. Agar zarb oqibatida sharcha 4 cm ga
og’gan bo’lsa, o’qning tezligi qanchaga teng bo’lgan? g=9,8 m/s
2
.
Javob: 14
1532. Ikkita parallel iplarga bir xildagi elastik sharchalar shunday osilganki, bunda ular bir-
biriga tegib turadi va ularning markazi bir sathda joylashgan. Uzunligi 40 cm bo’lgan birinchi
sharchaning ipini kichik burchakka og’dirib, qo’yib yuboriladi. Shundan qancha vaqt (ms da)
o’tgach, sharchalarning ikkinchi to’qnashuvi yuz beradi? Ikkinchi sharcha ipining uzunligi 10
cm. g=9,8 m/s
2
.
.
Javob: 628
Prujinali mayatnik. Tebranishlar tenglamasi. Tebranishlar energiyasi
1533. Bikrligi 100 N/m bo’lgan yengil prujinaga osilgan 250 g massali kichkina sharcha
garmonik tebranishlarining davriy chastotasi qanchaga teng?
Javob: 20
1534. Prujinaga osilgan 0,1 kg massali yuk garmonik tebranadi. Unga massasi 300 g bo’lgan
yuk mahkamlab qo’yilganda tebranishlar davri necha marta ortadi?
128
Javob: 2
1535. Bikrliklari 400 N/m va 100 N/m bo’lgan prujinalarga osilgan ikkita sharcha bir xil
davrlar bilan vertikal garmonik tebranmoqda. Bir sharchaning massasi boshqasining
massasidan necha marta katta?
Javob: 4
1536. Elastik rezina shnurga osilgan yuk garmonik tebranadi. Agar yuk xuddi shunday, lekin
ikki buklangan shnurga mahkamlansa, tebranishlar davri necha marta kamayadi?
Javob: 2
1537. Kichik yuk yengil prujinaga osilgan. Agar yukning shu prujinadagi xususiy davriy
chastotasi 5 rad/s bo’lsa, yuk olib qo’yilgach prujina necha santimetrga qisqaradi? g=9,8 m/s
2
.
Javob: 40
1538. Vertikal holatda mahkamlangan dinamometrga yuk osib qo’yildi. Bunda yuk 10 rad/s
chastota bilan garmonik tebrana boshladi. Yuk tebranishdan to’liq to’xtagach dinamometr
prujinasining deformatsiyasini (cm da) toping. g=9,8 m/s
2
.
Javob: 10
1539. 0,2 kg massali yuk bikrligi 125 N/m bo’lgan prujinada garmonik tebranmoqda.
Tebranishlar amplitudasi 0,08 m bo’lsa, yukning eng katta tezlanishini aniqlang.
Javob: 50
1540. Prujinaga ilingan 50 g massali sharcha 5 cm amplituda bilan garmonik tebranmoqda.
Sharchaga ta’sir etadigan qaytaruvchi kuchning (mN da) maksimal qiymatini toping.
Tebranishlarning siklik chastotasi 2 rad/s.
Javob: 10
1541. Yengil prujinaga osilgan kichik sharcha 2 cm amplituda bilan vertikal garmonik
tebranadi. Tebranishlarning to’la energiyasi 0,3 mJ. Sharcha muvozanat vaziyatidan qanchaga
siljiganida (mm da) unga 22,5 mN qaytaruvchi kuch ta’sir qiladi?
Javob: 15
1542. Prujinaga osilgan kichkina yuk muvozanat holatidan chiqarildi va qo’yib yuborildi.
Necha millisekunddan keyin yukning kinetik energiyasi prujinaning potensial energiyasidan 3
marta katta bo’ladi? Tebranishlar davri 0,9 s.
Javob: 150
1543. Prujinali mayatnik muvozanat vaziyatidan chiqarildi va qo’yib yuborildi. Qanday
vaqtdan keyin (ms da) tebranayotgan jismning kinetik energiyasi prujinaning potensial
energiyasiga teng bo’ladi? Tebranishlar davri 1 s.
Javob: 125
1544. Prujinaga osilgan sharcha muvozanat vaziyatidan vertikal pastga qarab 3 cm ga tortildi
va unga 1 m/s boshlang’ich tezlik berildi. So’ngra sharcha 25 rad/s davriy chastota bilan vertikal
garmonik tebrana boshladi. Shu tebranishlarning amplitudasini (cm da) toping.
Javob: 5
1545. Silliq polda yotgan 249 g massali brusok gorizontal prujina yordamida vertikal devor
bilan ulangan. Prujina o’qi bo’ylab 50 m/s tezlik bilan uchayotgan 1 g massali o’q brusokka kelib
tegadi. Brusok o’zida tiqilib qolgan o’q bilan birgalikda 4 cm amplituda bilan tebrana boshlaydi.
Shu tebranishlarning davriy chastotasi qanchaga teng?
Javob: 5
1546. Tubi pastga qaragan holda suv yuzida vertikal suzayotgan butilkaning vertikal
garmonik tebranishlari davrini (ms da) toping. Butilkaning massasi 300 g, tubining yuzi 30 cm
2
.
Ishqalanishni hisodga olmang. g=9,8 m/s
2
.
Javob: 628
1547. Asosining yuzi 75 cm
2
bo’lgan 120 g massali silindr suv yuzida vertikal holatda
suzmoqda. Agar silindr muvozanat holatidan bir oz chiqarilsa, uning vertikal garmonik
tebranishlari qanday davriy chastota bilan yuz beradi? g=9,8 m/s
2
.
Javob: 25
1548. Balandligi 5 cm bo’lgan temir silindr prujinaga vertikal holatda osib qo’yildi va qisman
suvga botirildi. Bunday silindrning kichik vertikal tebranishlarining davriy chastotasi qanchaga
129
teng? Prujinadagi tebranishlarning davriy chastotasi suvga tushirishdan oldin 12 rad/s bo’lgan.
Ishqalanishni hisobga olmang. Temirning zichligi 8000 kg/m
3
, g=9,8 m/s
2
.
Javob: 13
1549. Bir jinsli silindr bikrligi 140 N/m bo’lgan prujinaga vertikal holatda osib qo’yildi. Agar
silindr qisman suvga botirilsa, uning kichik vertikal tebranishlarining chastotasi necha foizga
ortadi? Ishqalanishni hisobga olmang. Silindrning kesim yuzasi 30 cm
2
, g=9,8 m/s
2
.
Javob: 10
1550. Uzunligi 40 cm bo’lgan sterjen aylana yoyi bo’ylab yarim halqa shaklida bukildi va
aylana markazi orqali o’tuvchi gorizontal o’qqa vaznsiz kegaylar (spitsa) yordamida mahkamlab
qo’yildi. Agar aylanish o’qi yarim halqa tekisligiga perpendikulyar bo’lsa, uning muvozanat
vaziyati atrofidagi kichik tebranishlarining davriy chastotasini toping. g=9,8 m/s
2
.
Javob: 7
1551. Uzunligi 20 cm bo’lgan sterjen aylana uzunligining 1/6 qismini tashkil qiladigan yoy
shaklida bukildi va aylana markazidan uning tekisligiga tik ravishda o’tuvchi gorizontal o’qqa
vaznsiz kegaylar (spitsa) yordamida mahkamlab qo’yildi. Bunday sistemaning muvozanat
vaziyati atrofidagi kichik tebranishlarining davriy chastotasini toping. g=9,8 m/s
2
.
Javob: 7
1552. Kesimi 10 cm
2
bo’lgan U-simon trubkaga 400 g suv quyildi. Ishqalanishni inobatga
olmagan holda, trubkadagi suyuqlikning vertikal tebranishlari davriy chastotasini toping. g=9,8
m/s
2
.
Javob: 7
1553. Vaznsiz kegaylari (spitsalari) bo’lgan 400 g massali yupqa g’ildirak gorizontal o’q
atrofida erkin aylana oladi. G’ildirakka 100 g massali kichkina yuk mahkamlandi. Bunday
sistemaning muvozanat vaziyati atrofidagi kichik tebranishlarining davriy chastotasini toping.
G’ildirakning radiusi 50 cm. g=9,8 m/s
2
.
Javob: 2
1554. Vaznsiz sterjen 5 cm radiusli aylana uzunligining 1/3 qismini tashkil qiladigan yoy
shaklida bukildi va aylana markazidan uning tekisligiga tik ravishda o’tuvchi gorizontal o’qqa
vaznsiz kegaylar (spitsa) yordamida mahkamlab qo’yildi. Sterjen uchlariga ikkita bir xil
kichkina yuk mahkamlab qo’yildi. Bunday sistemaning muvozanat vaziyati atrofidagi kichik
tebranishlarining davriy chastotasini toping. g=9,8 m/s
2
.
Javob: 10
1555. Uzunligi 2,5 m bo’lgan vaznsiz sterjen o’rtasidan 120
0
burchak ostida bukildi, uning
uchlariga bir xildagi kichkina yuklar mahkamlab qo’yildi va bukilgan joyi bilan devorga
qoqilgan yupqa mixga osildi. Ishqalanishni hisobga olmagan holda, bunday sistemaning
muvozanat vaziyati atrofidagi kichik tebranishlarining davriy chastotasini toping. g=9,8 m/s
2
.
Javob: 2
1556. Massasi 20 g va uzunligi 118 cm bo’lgan sterjen yarim halqa shaklida bukildi va yarim
halqa markazidan uning tekisligiga tik ravishda o’tuvchi gorizontal o’qqa vaznsiz kegaylar
(spitsa) yordamida mahkamlab qo’yildi. Sterjenning o’rtasiga 100 g massali kichkina yuk
mahkamlab qo’yilgan. Bunday sistemaning muvozanat vaziyati atrofidagi kichik
tebranishlarining davriy chastotasini toping. g=9,8 m/s
2
.
.
Javob: 5
1557. Uzunligi 20 cm bo’lgan vaznsiz sterjen o’zining o’rtasi orqali o’tadigan gorizontal o’q
atrofida erkin aylana oladi. Sterjenning uchlariga massalari
m va 3m bo’lgan ikkita kichkina
yuk mahkamlab qo’yildi. Bunday sistemaning muvozanat vaziyati atrofidagi kichik
tebranishlarining davriy chastotasini toping. g=9,8 m/s
2
.
Javob: 7
1558. Uzunligi 3,5 m bo’lgan vaznsiz sterjen o’zining uchlaridan biri orqali o’tadigan
gorizontal o’q atrofida erkin aylana oladi. Sterjenning bo’sh uchiga
m massali, o’rtasiga esa 3m
massali yuk mahkamlab qo’yildi. Bunday sistemaning muvozanat vaziyati atrofidagi kichik
tebranishlarining davriy chastotasini toping. g=9,8 m/s
2
.
Javob: 2
130
1559. Silliq gorizontal sirt bo’ylab sirpanayotgan 5 cm uzunlikdagi sterjen g’adir-budir sohaga
kirib boradi va u yerda o’z uzunligining ma’lum bir qismini o’tib to’xtab qoladi. Agar sterjen va
g’adir-budir sirt orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti 0,5 bo’lsa, tormozlanish qancha vaqt (ms da)
davom etgan? g=9,8 m/s
2
.
.
Javob: 157
1560. Uzunligi 45 cm bo’lgan yupqa zanjir gorizont bilan 30
0
burchak hosil qiluvchi silliq qiya
tekislikda yuqori uchidan tutib turilibdi. Agar dastlab zanjirning pastki uchi qiya tekislik
oxirida turgan bo’lsa, u qo’yib yuborilgach qancha vaqt (ms da) o’tib, zanjir qiya tekislikni to’liq
tark etadi? g=9,8 m/s
2
.
Javob: 471
1561. Uzun trubka to’g’ri burchak ostida bukildi va tirsaklaridan biri vertikal yuqoriga
qaratib o’rnatildi. Vertikal tirsakda uzunligi 90 cm bo’lgan arqon shunday tutib turilibdiki,
bunda u qayrilgan joygacha yetib boradi. Arqon qo’yib yuborilgach, qancha vaqt (ms da) o’tib, u
gorizontal tirsak ichiga yarmigacha sirpanib kiradi? Ishqalanish inobatga olinmasin. g=9,8 m/s
2
.
Javob: 314
1562. Gorizontal tekislik bo’ylab 1 m/s tezlik bilan sirpanayotgan 45 cm uzunlikdagi zanjircha
qiya tekislikka, uning pastki chegarasiga perpendikulyar holda chiqa boshlaydi. Qancha
vaqtdan (ms da) so’ng zanjirchaning tezligi ikki marta kamayadi? Tekislikning qiyalik burchagi
30
0
, g=9,8 m/s
2
.
Ishqalanish inobatga olinmasin.
Javob: 314
To’lqinlar
1563. Davri 0,01 s bo’lgan tebranishlar 10 m uzunlikka ega bo’lgan tovush to’lqinini yuzaga
keltiradigan materialda tovushning tarqalish tezligini toping?
Javob: 1000
1564. Tovushning havodagi tarqalish tezligi 340 m/s, qandaydir suyuqlikda esa 1360 m/s.
Havodan suyuqlikka o’tishda tovush to’lqinining uzunligi necha marta ortadi?
Javob: 4
1565. 200 Hz chastotali tovush to’lqinining uzunligi 750 MHz chastotali ultraqisqa to’lqinlar
diapazonining radioto’lqini uzunligidan necha marta katta? Tovush tezligi 320 m/s.
Javob: 4
1566. Radiostansiya 30 m to’lqin uzunligida ishlaydi. 5 kHz chastotali tovush
tebranishlarining bir davri davomida
tarqatuvchi chastota
qancha tebranadi?
Javob: 2000
1567. Tovushning suvdagi tezligi 1450 m/s. Agar tebranishlar chastotasi 725 Hz bo’lsa,
qarama-qarshi fazalarda tebranuvchi qo’shni nuqtalar bir-biridan qanday masofada joylashgan?
Javob: 1
1568. Chastotasi 10 Hz bo’lgan to’lqin qandaydir muhitda tarqaladi, bunda tebranishlar
manbai bilan bir to’g’ri chiziqda yotgan, bir-biridan 1 m masofada joylashgan ikki nuqtaning
fazalar farqi radianga teng. To’lqinning shu muhitda tarqalish tezligini toping.
Javob: 20
1569. Agar muhitning bir to’g’ri chiziqda yotgan, bir-biridan 0,5 masofada joylashgan ikki
nuqtasi /8 fazalar farqi bilan tebransa, to’lqin uzunligini toping.
Javob: 8
1570. Ikkita kogerent tovush manbalari bir xil fazada tebranadi. Birinchi manbadan 2,1 m,
ikkinchisidan esa 2,27 m uzoqlikdagi nuqtada tovush eshitilmaydi. Bu hodisa sodir bo’lishi
mumkin bo’lgan tebranishlarning minimal chastotasini (kHz da) toping. Tovush tezligi 340 m/s.
Javob: 1
1571. Ikkita kogerent tovush manbai bor. Birinchi manbadan 2,3 m, ikkinchisidan esa 2,48 m
uzoqlikdagi nuqtada tovush eshitilmaydi. Bu hodisa sodir bo’lishi mumkin bo’lgan
tebranishlarning minimal chastotasi 1 kHz. Tovushning tarqalish tezligini toping.
Javob: 360
1572. 1 kHz chastotali ikkita kogerent tovush manbai 340 m/s tezlik bilan tarqaluvchi
to’lqinlar nurlaydi. Bir manbadan 2,6 m masofada joylashgan nuqtada tovush eshitilmaydi. Shu
131
nuqtadan ikkinchi manbagacha bo’lgan minimal masofa 2,6 m dan ortiq ekanligi ma’lum bo’lsa,
bu masofa (cm da) qanchaga teng?
Javob: 277
Elektr tebranish konturi
1573. Agar konturning induktivligi 10 marta orttirilib, sig’imi 2,5 marta kamaytirilsa,
konturning xususiy tebranishlar chastotasi necha marta kamayadi?
Javob: 2
1574. Kondensatorining sig’imi 1 mkF bo’lgan tebranish konturi 400 Hz chastotaga sozlangan.
Agar unga parallel ravishda ikkinchi kondensator ulansa, konturdagi tebranishlar chastotasi
200 Hz ga teng bo’ladi. Ikkinchi kondensatorning sig’imini (mkF da) aniqlang.
Javob: 3
1575. Tebranish konturidagi kondensatorga parallel ravishda sig’imi uch marta katta bo’lgan
boshqa kondensator ulab qo’yilganda konturning tebranishlar chastotasi 300 Hz ga kamaydi.
Kontur tebranishlarining dastlabki chastotasini toping.
Javob: 600
1576. Tebranish konturi g’altak va kondensatordan iborat. Agar konturga sig’imi birinchi
kondensatornikidan 3 marta kichik bo’lgan boshqa kondensator ketma-ket ulansa, konturning
xususiy tebranishlar chastotasi necha marta ortadi?
Javob: 2
1577. Tebranish konturi induktiv g’altak hamda parallel holda ulangan ikkita bir xil
kondensatordan iborat. Konturning xususiy tebranishlar davri 0,02 s. Agar kondensatorlar
ketma-ket ulansa, davr (ms da) qanchaga teng bo’ladi?
Javob: 10
1578. Tebranish konturi sig’imi 8 pF bo’lgan kondensator va induktivligi 0,2 mH bo’lgan
g’altakdan iborat. Agar maksimal tok kuchi 40 mA bo’lsa, kondensator qoplamalaridagi
maksimal kuchlanishni toping.
Javob: 200
1579. Tebranish konturining kondensatoridagi maksimal potensiallar farqi 100 V. Agar
kondensatorning sig’imi 36 mkF, g’altakning induktivligi 0,01 H bo’lsa, maksimal tok kuchi
qanday bo’ladi?
Javob: 6
1580. Zaryadi 250 pC bo’lgan kondensatorga induktiv g’altak ulandi. Agar konturdagi erkin
tebranishlarning davriy chastotasi
7
10
8
rad/s bo’lsa, g’altak orqali o’tuvchi maksimal tok
kuchini (mA da) aniqlang.
Javob: 20
1581. 4 mkF sig’imli zaryadlangan kondensator induktivligi 90 mH bo’lgan g’altakka ulandi.
Ulangandan qanday minimal vaqt (mks da) o’tgach, kondensator zaryadi 2 marta kamayadi?
=3.14.
Javob: 628
1582. 2 mkF sig’imli zaryadlangan kondensator induktivligi 80 mH bo’lgan g’altakka ulangan.
Ulangan paytdan qanday vaqt (mks da) o’tgach, elektr maydon energiyasi magnit maydon
energiyasiga teng bo’ladi?
Javob: 314
1583. Radiopriyomnikning tebranish konturi 3 mH induktivlik va 3 nF sig’imga ega. U
qanday to’lqin uzunligiga sozlangan?
Javob: 5652
1584. 100 m to’lqin uzunligida ishlayotgan radiostansiyani eshitish imkoniyatiga ega bo’lish
uchun 6 MHz chastotaga sozlangan radiopriyomnikning konturidagi sig’imni necha marta
orttirish kerak?
Javob: 4
1585. Tebranish konturi 1.5
.
10
7
Hz chastotaga sozlangan. Konturni 40 m to’lqin uzunligiga
qayta sozlash uchun kondensator sig’imini necha marta orttirish kerak?
Javob: 4
132
1586. Induktivlik g’altagi va havo kondensatoridan iborat bo’lgan tebranish konturi 300 m
to’lqin uzunligiga sozlangan. Bunda kondensator plastinalari orasidagi masofa 6,4 mm. Kontur
240 m to’lqin uzunligiga sozlangan bo’lishi uchun bu masofa (mm da) qanday bo’lishi kerak?
Javob: 10
O’zgaruvchan tok. Transformator
1587. O’zgarmas tok oqayotgan zanjir qismining uchlaridagi kuchlanish vaqt bo’yicha
)
3
/
2
sin(
0
Dostları ilə paylaş: |