YAIM daromadlar bo’yicha hisoblanganda ishlab chiqarish faoliyatida
qatnashgan omillar (mehnat, yer, kapital, tadbirjorlik) hisobga olinadi. Bu maosh,
umumiy renta, umumiy foiz va jami foydadan iborat.
YAIMni hisoblashdagi ikkita yo’nalish ham bir xil natijani beradi.
Statistikada o’zini hisob-kitobini amalga oshirish maqsadida turli xil manba va
ma’lumotlardan foydalaniladi. Soliq statistikasi, bandlik statistikasi, bojxona
statistikasi va boshqalar.
YAIMni hisoblashda qayta ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar hisobga
olinib, qo’shilgan qiymat hosil qilmaydigan bitimlar kiritilmaydi,a yniqsa:
-turib qolgan tovarlarni qayta sotish
-qimmatli qog’ozlar tushumi
-davlat transferlari(nafaqa va stipendiyalar, turli ijtimoiy dasturlar
doirasidagi yordamlar)
-xususiy transferlar
Undan tashqari YAIM real iqtisodiy vaziyatni doimo ham ko’rsata olmasligi
mumkin. Masalan,YAIM tarkibiga norasmiy iqtisodiy sektorda ishlab chiqarilgan
mahsulotlar, ya’ni bog’bonchilik ishlaridan tortib soliqdan yashirinuvchi ishlab
chiqarish faoliyatigacha aytib o’tish mumkin. Zamonaviy norasmiy iqtisodiyot
tufayli yalpi mahsulotni hisoblashda katta yo’qotishlarga duch kelish muammosi
o’ylashga majbur qiladi.
Bundan tashqari teskari vaziyat ham YAIMni
hisoblayotganda
sodir
bo’lishi mumkin. Ishlab chiqarish farovonligi juda yuqori ko’rsatilib mamlakatdagi
iqtisodiyot juda ham optimistik ko’rinishga ega bo’lib qoladi.
Biroq bu ma’lumotlarga qaramasdan, hozirgi kunda YAIMni hisoblashda
yuqoridagi usullaridan rasmiy tarzda qo’llanilib kelmoqda va YAIM milliy hisob
tizimining asosiy ko’rsatkichi sifatida foydalanilmoqda.
YAIMdan boshqa milliy hisob tizimini ko’rsatkichlari ham mavjud, bu sof
ichki mahsulot (net domestic product, NDP).
Sof ichki mahsulot - YAIMdan amortizatsiya ajratmalarini ayirish orqali
hosil qilinadi.
Boshqacha qilib aytganda sof ichki mahsulotni xarajatlar usuli bilan
hisoblaganda quyidagicha ifodalash mumkin: