qiyin emas. Agar mamlakatda yopiq iqtisodiyot hukm suradigan bo’lsa, tabiiyki
YAIM va YAMMlar miqdori teng bo‘ladi.
Ochiq iqtisodiy mamlakat doirasida esa mazkur mamlakatda norezidentlar
ishlab chiqargan tovar va xizmatlar yig’indisi va shu bilan birga rezidentlarning
mamlakatdan tashqarida ishlab chiqargan tovar va xizmatlar yig’inidsi hisobga
olinadi.
Masalan, Buyuk Britaniyada ishlab chiqarilgan fransuz kompaniyasining
mahsuloti, Fransiya uchun yalpi milliy daromad tarkibida yotsa, Buyuk Britaniya
uchun esa YAIM tarkibiga kiritiladi.
Agar mamlakat tashqarisidagi rezidentlar daromadi mamlakat ichkarisidagi
norezidentlar daromadidan yuqori bo’lsa, mazkur mamlakat YAMM i YAIMdan
yuqori bo’ladi.
Mamlakat ichidagi norezidentlar daromadi, mamlakat tashqarisidagi
rezidentlar daromididan yuqori bo’lsa, mos ravishda YAIM YAMMdan katta
bo’ladi.
Oxirgi yillarda ko’pgin
a mamlakatlarda YAMM miqdori YAIMdan
yuqoriligi aniqlanmoqda. Rossiya, AQSh hamda Yaponiya kabi rivojlangan
mamlakatlarda milliy hisob tizimida YAMMdan foydalanilib kelmoqda.
Dostları ilə paylaş: