chiqarilgan mahsulotlarga bo‘lgan talab kamayadi, import mahsulotlariga esa talab
oshadi, ya’ni milliy mahsulotga bo‘lgan ehtiyoj qisqaradi.
Mamlakatda narxlar
darajasining pasayishi importning kamayishiga va eksportning kengayishiga sabab
bo‘ladi yoki boshqacha aytganda milliy mahsulotga bo‘lgan talabni oshiradi.
Narxlar darajasining o‘zgarishi yalpi talab egri chizig‘ining o‘zgarishiga olib
keladi. Yalpi talab egri chizig‘iga narxdan tashqari boshqa omilar ham ta’sir
ko‘rsatadi.
Yalpi talabning naxga bog‘liq bo‘lmagan omillariga quyidagilarni kiritish
mumkin:
Pul massasining o‘zgarishi (uning oshishi yalpi talabni oshishiga,
kamayishi yalpi talabni kamayishiga olib keladi);
Aholi iste’mol xarajatlarining o‘zgarishlari;
Soliq siyosatidagi o‘zgarishlar;
Davlat xarajatlaridagi o‘zgarishlar;
Tashqi
iqtisodiy
faoliyatdagi
o‘zgarishlar
(masalan,
boshqa
mamlakatlardagi ishlab chiqarishning o‘sishi milliy
ishlab chiqaruvchilar
tovarlariga bo‘lgan yalpi talabning pasayishiga olib kelishi mumkin).
Dostları ilə paylaş: