xajmiga bunday birlashtirish
yiriklashtirish deb ataladi. Ko‘rsatkichlarni
yiriklashtirishning bu usulidan makroiqtisodiy tadqiqotlarda
tez-tez foydalanib
turiladi. Makrodarajada iqtisodiyotni usiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Yalpi talab va
yalpi taklif, hamda narxlar darajasi barcha makroiqtisodiy modellar tuzilishining
asosi hisoblanadi. Oddiy ko‘rinishda ko‘rsatkichlarning o‘zaro
bir-biriga
bog‘liqligi grafik yordamida aks ettiriladi.
11.1-rasm.
Qarang:
Экономическая теория: учебник / И.К.
Станковская, И.А. Стрелец.- 4-е изд., перераб. и доп.–М.:Эксмо,2009.- 480
стр.- (Полный курс MBA). 287 бет
Chizmadan ko‘rinib turibdiki, narxlarning o‘zgarishi yalpi talabga aks ta’sir
ko‘rsatadi, ya’ni, narxlar darajasining o‘sishi o‘z ortidan yalpi talabning
qisqarishini keltirib chiqaradi va aksincha.
Vaholanki, yalpi taklif narx darajasi
qancha yuqori bo‘lsa, shuncha ko‘p bo‘ladi.
Yalpi talab egri chizig‘i va unga ta’sir etuvchi omillar:
narxga bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan omillar
Narxlar darajasi va yalpi talab o‘rtasida teskari bog‘liqlik mavjud bo‘lib,
narxlarning o‘sib borishi bilan yalpi talab qisqarib boradi va aksincha,
narxlar
darajasi qanchalik past bo‘lsa xaridorlar ko‘proq tovar va xizmatlarni sotib olishni
istab qolishadi. Ushbu bog‘liqlikni chizma ko‘rinishida ifodalash mumkin.
Narxlar
darajasi va talab qilingan milliy mahsulot hajmi o‘rtasida bog‘liqlikni ifoda
etuvchi chiziq yalpi talab egri chizig‘i deb ataladi. U alohida tovarga bo‘lgan talab
egri chizig‘iga o‘xshash ko‘rinishga ega, ammo endi unga talab egri chizig‘i
yo‘nalishini belgilab beruvchi daromad samarasi yoki o‘rinbosar tovarlar samarasi
kabi narx omillari ta’sir ko‘rsatmaydi.
Yalpi talab egri chizig‘i yo‘nalishiga
Dostları ilə paylaş: