jarayonida qilingan har qanday urinish faqatgina narxlar darajasini yuqori darajada
oshishiga olib keladi.
Narxlar darajasining o‘zgarishi yalpi taklif egri chizig‘ining o‘zgarishiga
olib keladi. Yalpi taklif egri chizig‘iga narxdan tashqari boshqa omilar ham ta’sir
ko‘rsatadi. Yalpi taklifning narxga bog‘liq bo‘lmagan omillariga quyidagilarni
kiritish mumkin:
Ishlab chiqarish omillariga bo‘lgan narxlarning o‘zgarishi (narxlarning
oshishi yalpi taklif egri chizig‘ining chapga
siljishiga, narxlarning pasayishi o‘ngga
siljishiga olib keladi).
Davlat siyosati (masalan, ishlab chiqaruvchilar uchun soliqlarning
oshirilishi yalpi taklif egri chizig‘ining chapga siljishiga, soliqlarning pasaytirilishi
o‘ngga siljishiga olib keladi).
Tabiatdagi iqlim sharoitlarining keskin ravishda o‘zgarishi.
AS vaziyatdan AS
1
vaziyatga o‘tishi bu yalpi
taklifning ortib borishini
ko‘rsatadi, AS vaziyatdan AS
2
vaziyatga o‘tishi bu yalpi taklifning qisqarishiga
olib keladi.
Dostları ilə paylaş: