qisqaradi, investisiyalar
hajmi ham qisqaradi, ishchi kuchiga bo‘lgan talabning
pasayishi oqibatida ishsizlik ortadi. To‘lovga layoqali talabning kamayishi
bularning barchasini yanada kuchaytiradi.
Depressiya bosqichida investisiyalash mutlaqo to‘xtaydi, iqtisodiyot
turg‘unlikka yuz tutadi.
Jonlanish bosqichida so‘nishning eng quyi nuqtasidan o‘tiladi va
iqtisodiyotning inqirozdan avvalgi holatiga asta-sekin qaytish boshlanadi. Ishsizlik
qisqaradi, daromad va foyda o‘sadi, investisiya jarayonlari boshlab yuboriladi.
Nihoyat,
yuksalish bosqichida iqtisodiyot gurkirab rivojlanadi,
trend ijobiy
(musbat) bo‘lganda ko‘plab makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha inqirozdan
avvalgi vaziyatdagi dastlabki darajaga nisbatan yuqoriroq nuqtalarga erishadi,
yuksalishning eng yuksak nuqtasiga, iqtisodiy siklning cho‘qqisiga yetib boradi,
so‘ng yana inqiroz bilan almashadi.
U yoki bu mamlkatning iqtisodiyoti iqtisodiy
siklning qaysi bosqichida
ekanligini to‘g‘ri baholash uchun ekspertlar bir qator iqtisodiy indikatorlardan
foydalanadilar, ya’ni asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasini
baholaydilar. Qaysi ko‘rsatkichlarning tanlab olinishi mazkur iqtisodiy vaziyatda
iqtisodiyotning holatini nima eng yorqin xarakterlashiga bog‘liq bo‘ladi.
Odatda, iqtisodiy sikl indikatorlari sifatida quyidagi ko‘rsatkichlar tanlab
olinadi: jami ishlab chiqarish (YaIM yoki YaMM), ishsizlik darajasi, tovar-moddiy
zahiralar va ishlab
chiqarish omillari zahiralari, narx darajasi, pul massasining
hajmi, pullarning aylanish tezligi, qisqa muddatli foiz stavkalari va hokazo.
Ishsizlik makroiqtisodiy beqarorlikning eng muhim namoyon bo‘lish
shakllaridan biridir, chunki uning nafaqat sof iqtisodiy, balki ijtimoiy belgilari ham
bor.
Ishsizlik muammosi barcha rivojlangan mamlakatlarga u yoki bu darajada
dahldor bo‘lgan va bo‘lib kelmoqda, ishsizlikni tartibga
solish masalalari esa
davlatning makroiqtisodiy siyosatidagi eng muhim muammoligicha qolmoqda.
Dostları ilə paylaş: