♦ maxsus muassasalarda saqlanayotgan shaxslar (qamoqxonalar, ruhiy
kasalliklar shifoxonalarida va hokazo);
♦ ishchi kuchi tarkibidan chiqib ketgan shaxslar (nafaqachilar,
mehnat
layoqatini yo‘qotganlar va hokazo).
Bu yo‘l bilan hosil qilingan ishsizlik darajasi ko‘rsatkichi sof arifmetik
ko‘rsatkichdir.
Ishsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baholashda uning mamlakat
iqtisodiyotiga ham, uning ijtimoiy muhitiga (iqlimiga) ham ta’sir ko‘rsatuvchi turli
ko‘rinishlarini ko‘rib chiqish zarur.
Ishsizlik uch xil bo‘ladi:
♦ friksion (ko‘ngilli);
♦ tarkibiy;
♦ siklik (davriy).
Friksion ishsizlik – ishsizlikning bu turi ko‘ngilli ishsizlikdir.
Friksion ishsizlikni quyidagi sabablar keltirib chiqaradi:
♦ aholining bevosita (geografik) ko‘chib yurishi – kishi yangi joyga ko‘chib
o‘tsa, ko‘chish paytida, ungacha va undan keyin ma’lum muddat ishsiz bo‘lib
turadi;
♦ kasbiy qiziqishlarning (manfaatlarning) almashinuvi, qayta o‘qish, qayta
malaka olish;
♦ insonning shaxsiy hayotida yangi bosqichlarning boshlanishi (o‘qish,
farzandli bo‘lish va hokazo).
Ko‘ngilli ishsizlik ish qidirish va kutish bilan bog‘liqdir. «Friksion» atamasi
mehnat bozorida ma’lum bir tebranishlar bo‘lib
turishini, mehnat bozoridagi
muvozanatga bir zumda erishib bo‘lmasligini ta’kidlaydi.
Ammo bu oddiy me’yordagi emas, balki ijobiy holatdir,
chunki friksion
ishsizlikning mavjudligi mehnat bozorining moslashuvchanligini va uning har bir
ishtirokchisi o‘z hatti-harakatlarida tanlov erkinligiga ega ekanligini ko‘rsatadi:
keng ijtimoiy siyosat yuqoriroq haq to‘lanadigan yoki yanada qiziqarliroq ish
qidirish holatida uzoqroq
qolish imkoniyatini beradi, bu esa davlat ijtimoiy-
iqtisodiy siyosatining katta yutug‘i hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: