O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/106
tarix30.11.2022
ölçüsü1,36 Mb.
#71426
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   106
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Tarkibiy ishsizlik – ishsizlikning bu turi iqtisodiyotning tarkibiy 
o‘zgarishlariga, demak, ishchi kuchiga bo‘lgan talabning tarkibiy o‘zgarishiga 
bog‘liqdir. 
Ma’lumki, mehnatga bo‘lgan talab hosilaviy xarakterga egadir. U mazkur 
mehnat turi qaysi tovar yoki xizmatni ishlab chiqarishda yoki ko‘rsatishda 
qo‘llanilsa, shu tovar yoki xizmatga bo‘lgan talabga bog‘liqdir. Demak, 
iqtisodiytdagi tarkibiy o‘zgarishlar ishchi kuchiga bo‘lgan talabda ham tarkibiy 
o‘zgarishlar yuz berishiga olib keladi. 
Masalan, biror bir tarmoq tarkibiy inqirozda bo‘lsa, shu tarmoq 
xodimlarining mehnatiga bo‘lgan talab ham keskin qisqaradi. Ayni paytda 
mehnatga bo‘lgan talab avvalgi darajada qolib, mehnatga bo‘lgan talabdan orta 
boshlaydi, natijada tarkibiy ishsizlik vujudga keladi. 
Tarkibiy ishsizlik haqida so‘z ketganda, odatda eskirgan kasb egalariga xos 
bo‘lgan ishsizlik misol qilib keltiriladi. Ular «o‘layotgan» tarmoq vakillari 


bo‘ladilar yoki ishlab chiqarishning boshqa omillari ta’sirida siqib chiqariladilar. 
Masalan, mehnatning o‘rnini kapital bosishi mumkin, natijada mehnatga bo‘lgan 
talab susayadi. 
Tarkibiy ishsizlik tushunchasiga «tirik», lekin muammolarga duch kelgan 
tarmoqlardagi tarkibiy inqirozlar oqibatida vujudga keladigan ishsizlikni ham 
kiritish lozim. Masalan, konversiya oqibatida Rossiyadagi ushbu tarmoqlarning 
ko‘plab ishchilari tarkibiy ishsiz bo‘lib qoldilar. 
Friksion va tarkibiy ishsizlikning umumiy jihati shuki, ularning ikkovi ham 
har qanday mamlakatning iqtisodiyotida muqarrar ravishda vujudga keladi. Bunda 
friksion ishsizlik darajasi qiymati mehnat bozoridagi aholining ijtimoiy-iqtisodiy 
imkoniyat darajalarini, tarkibiy ishsizlikning ko‘rsatkichi esa tarkibiy o‘zgarishlar 
darajasini xarakterlaydi. 
Shuningdek, friksion va tarkibiy ishsizlik o‘rtasida tafovutlar ham bor. 
Birinchidan, tarkibiy ishsizlik friksion ishsizlikka nisbatan uzoqroqqa 
cho‘ziladi, chunki tarkibiy inqirozlarni qisqa muddat ichida bartaraf qilish qiyin. 
Ikkinchidan, tarkibiy ishsizlarning tarkibi barqarorroq bo‘lib, bu 
mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni keskinlashtiruvchi ziddiyatli guruhlarning 
shakllanishiga olib kelishi mumkin. 
Uchinchidan, agar friksion ishsizlar uchun qayta o‘qitish – ularning o‘z ishi 
bo‘lsa, tarkibiy ishsizlar, agar ular tarkibiy inqiroz mobaynida ish topishni 
rejalashtirgan bo‘lsalar, majburiy qayta o‘qitishga muhtojdirlar. 
To‘rtinchidan, ko‘ngilli, friksion ishsizlikdan farqli ravishda, tarkibiy 
ishsizlik har doim majburiy xarakterga egadir. 
Umuman, tarkibiy ishsizlik – butun mamlakat uchun ham, ishsizlikning 
ushbu toifasiga mansub bo‘lgan shaxslar uchun ham friksion ishsizlikdan ko‘ra 
og‘irroq holatdir. 
Friksion va tarkibiy ishsizliklarning yig‘indisi tabiiy ishsizlik deb ataladi. 
«Tabiiy ishsizlik» atamasi ushbu darajaning me’yorda ekanligini, 
iqtisodiyotga ichdan xos ekanligini ta’kidlash uchun ishlatiladi. Bu ishsizlikning 
eng yaxshi darajasidir. Bir tomondan, uning darajasi resurslarning bandlik 
muammosi haqida gapiradigan darajada yuqori bo‘lmaydi, ikkinchi tomondan, u 
mehnat bozorining moslashuvchanligini ta’minlash va sog‘lom raqobat 
elementlarini hosil qilish uchun yetarlidir. 
Tabiiy ishsizlik – ishchi kuchining zarur hollarda qo‘llanilishi mumkin 
bo‘lgan zaruriy zahirasidir. 
Ishsizlikning tabiiy darajasi ba’zan to‘liq bandlik yoki ishsizlikning nolga 
teng darajasi deb ataladi. Ushbu ta’rifda ishsizlikning mazkur darajasi potensial 
YaIMga, ya’ni to‘liq bandlik holatidagi YaIMga erishish imkonini berishi 
ta’kidlanmoqda. Uni grafik shaklda iqtisodiyotda resurslarning, shu jumladan
mehnat resurslarining to‘liq bandlik darajasini xarakterlovchi jami taklif egri 
chizig‘ining vertikal qismida ko‘rish mumkin (12.3-rasm). 
Ishsizlikning tabiiy darajasi shuningdek ishsizlikning inflyatsiyani 
tezlashtirmaydigan 
darajasi 
(NAIRU 

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin