tahlilidan ham kelib chiqadi. Qisqa muddatli oraliqlarda bu ikk vazifani bir paytda
bajarishning imkoni yo‘q.
Agar hukumat inflyatsiyaga qarshi kurash vazifasini qo‘ysa,
cheklash
siyosati olib boriladi. U esa ishlab chiqarishni sekinlashtirishga olib kelib, oqibatda
ishsizlikni kuchaytirib yuboradi.
Agar hukumat ishsizlikka qarshi kurash vazifasini qo‘ysa, rag‘batlantirish
siyosati olib borilib, u esa inflyatsiyaga olib keladi, ya’ni ishsizlik ham, inflyatsiya
ham bir paytda past darajada bo‘la olmaydi. Biroq, agar ishsizlikning iqtisodiyotga
xos bo‘lgan tabiiy darajasi haqida gap ketsa, bunday o‘zaro bog‘liqlik
kuzatilmaydi.
Ishsizlikning tabiiy darajasi zarurdir. Bu ishsizlikning
eng past va ayni
paytda inflyatsiyaga mutlaqo ta’sir qilmaydigan darajasidir. U mehnat bozorining
ichki ehtiyoji sifatida inflyatsiyani tezlashtirmaydi.
Ishsizlikning tabiiy darajasi o‘zining muayyan ko‘rsatkichlariga egadir.
Rivojlangan mamlakat uchun ishsizlikning tabiiy darajasi o‘rtacha 4-5
foizni
tashkil qiladi. Bu baho o‘zgarib turadi, chunki ishsizlikning tabiiy darajasiga bir
qator omillar ta’sir qiladi:
♦ davlatning ijtimoiy siyosati (yuqori
ijtimoiy nafaqalar friksion
ishsizlikning o‘sishi hisobiga tabiiy darajani oshiradi: kishilar uzoqroq
muddatgacha ishsiz bo‘lib qola oladilar);
♦ aholining bandlikka moyilligini ko‘rsatuvchi ruhiy kayfiyatlari (bu tarixiy,
milliy, mintaqaviy xususiyatlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin);
♦ kasaba uyushmalarining mavqei (pozisiyalari) - (kuchli
kasaba
uyushmalari mehnat bozoriga davlatning yuqori ijtimoiy nafaqalaridek ta’sir
ko‘rsatadi);
♦ ishchi kuchining demografik tarkibining o‘zgarishi (ishchi kuchi tarkibida
ayollar va yoshlar ko‘payib bormoqda, vaholanki ular
friksion ishsizlik darajasi
yuqori bo‘lgan shaxslardair: tug‘ruq ta’tillari, o‘qitish va hokazo).
Biroq amalda ishsizlik tabiiy darajadan yuqori bo‘lishi mumkin. Bu esa
siklik (davriy) ishsizlik mavjudligini ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: