Iqtisodiyotda gisterezis (yunon. «gisterezis» - ortda qolish) – ayrim
makroiqtisodiy chora-tadbirlarning uzoq vaqt saqlanib qoluvchi oqibatlari,
boshqacha qilib aytganda, tabiiy darajaga qaytmasligidir.
So‘nish davridan so‘ng, jonlanish davri kirib kelsa, ya’ni ishsizlikning
dastlabki darajaga qaytishi uchun barcha sharoitlar yuzaga kelsa ham, bu narsa
amalga oshmasligi ham mumkin, chunki so‘nish davrida ishchi kuchi sifat jihatdan
o‘zgargan bo‘lishi (ishchilar mehnat ko‘nikmalarini yo‘qotgan bo‘lishlari,
ishlashdan chiqib qolgan bo‘lishlari) mumkin, ya’ni bu maktab tabiiy daraja
gipotezasini inkor qiladi.
Mehnat bozoriga va ishsizlik muammosiga nisbatan turlicha qarashlar
davlatning ishsizlikni tartibga solishga qaratilgan iqtisodiy siyosatiga nisbatan turli
xulosalarga olib keladi.
Klassik maktab vakillari davlatning mehnat bozori faoliyatiga qisman
aralashuvi tarafdorlaridir: davlatning passivligi bozorning o‘z-o‘zini tartibga solish
kuchlari to‘liq namoyon bo‘lishiga imkon beradi. Keyns maktabi vakillari mehnat
bozoridagi gisterezis va qiyinchiliklarni rad etmagan holda, davlatning ish
o‘rinlarini tashkil qilish va iqtisodiyotda bandlik muammolarini hal qilish orqali
to‘lovga layoqatli talabni tartibga solishga qaratilgan faol aralashuvini yoqlaydilar.
Nazorat savollari 1.
Makroiqtisodiy beqarorlik yoki bozor iqtisodiyoti rivojlanishining
davriyligi deb nimaga aytiladi? 2.
Ishsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini tavsiflang.
3.
Friksion ishsizlikni qanday sabablar keltirib chiqaradi?
4.
Friksion va tarkibiy ishsizlikning umumiy jihatlari?
5.
Friksion va tarkibiy ishsizlik o‘rtasida tafovutlar
Mustaqil ish mavzulari 1.
O’rganilayotgan mamlakatlarda mehnat bozori faoliyati qanday
shakllangan? 2.
O’rganilayotgan mamlakatlarda ishsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy
oqibatlarini tavsiflang.