O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/106
tarix30.11.2022
ölçüsü1,36 Mb.
#71426
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   106
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Endogen nazariyalar siklik tebranishlar iqtisodiy tizimning ichidagi 
(o‘zidagi) sabablar bilan izohlaydilar. 
Endogen nazariya tarafdorlarining fikricha, iqtisodiy sikllarga aynan 
iqtisodiy omillar sabab bo‘ladi. Bunday iqtisodiy sabablarga, masalan, quyidagilar 
kiradi: 
♦ Markaziy bankning rag‘batlantiruvchi yoki to‘xtatib turuvchi kredit-pul 
siyosati; 
♦ iste’molchilar faoliyatining faollashuvi yoki so‘nishi; 
♦ innovatsiyalar; 
♦ asosiy kapitalning yangilanishi. 
Endogen nazariyalar orasida siklik tebranishlarni asosiy kapitalning 
yangilanishi bilan izohlovchi nazariya eng keng tarqalgan. Bu yangilanish o‘rtacha 
aynan 8-10 yilda yuz beradi va siklning yuksaltiruvchi to‘lqinining boshlanishnini 
keltirib chiqaradi. 
2. 
Davriy tebranishlarning turlari 
So‘nggi paytlarda siklik tebranishlarning tabiatini izohlashga kompleks 
yondashuvdan ko‘proq foydalanilmoqda, bunda yuksaltiruvchi va pasaytiruvchi 
to‘lqinlarning almashinib kelishi sanab o‘tilgan turli sabablarning majmuasi bilan 
izohlanadi. 
Iqtisodiy sikllarning boshqa tasniflari ham bor. Davomiylik bo‘yicha tasnif 
juda keng tarqalgan bo‘lib, unda odatda siklik tebranishlarning uch turi alohida 
ajratib ko‘rsatiladi: 
♦ 3,5-4 yil davom etadigan qisqa muddatli sikllar; 
♦ 8—10 yil davom etadigan o‘rta muddatli sikllar; 
♦ 48—55 yil davom etadigan uzoq muddatli sikllar. 
Qisqa muddatli sikllar ularning muallifining ismi bilan Kitchin sikllari yoki 
cho‘chqa sikllari deb ham ataladi, chunki Kitchin ularni o‘rganishda cho‘chqa 
go‘shti bozorini tadqiq qilgan. Bugungi kunda ular ko‘proq «zahira sikllari» degan 
nom bilan mashhurdir. 
Amerikalik iqtisodchi Kitchin cho‘chqa go‘shti bozorini o‘rganishda 
zahiralarning to‘planishi va qisqarishi (kamayishi) siklik tebranishlarni keltirib 
chiqarishi mumkinligiga e’tibor qaratgan. 
Aytaylik, cho‘chqa go‘shti bozorida juda yuqori narx belgilab qo‘yildi. 
Shunda fermerlar bu narxga mo‘ljal qilib, cho‘chqalarni zo‘r berib semirtira 
boshlaydilar. Cho‘chqalarni semirtirish ma’lum vaqt talab qiladi, ana shu davr 
mobaynida boshqa fermerlar ham cho‘chqa semirtirishga kirisha boshlaydilar. 
Ko‘rinib turibdiki, shu davr oxiriga kelib bozorga katta miqdorda cho‘chqa 
go‘shti kelib tushadi va narx keskin pasayib ketadi. Cho‘chqa go‘shtining bir qismi 
zahiraga «ketadi», fermerlar esa cho‘chqa semirtirishni to‘xtatadilar. Narxlar asta-
sekin ko‘tarila boshlaydi va shu tariqa bozor siklik (davriy) rivojlanaveradi: tovar-
moddiy zahiralarning to‘plash va sarflash jarayonlari galma-gal yuz beraveradi. 
So‘nggi paytlarda tovar-moddiy zahiralari sikllarining qisqarayotganligi va 
hatto yo‘qolib borayotganligi haqida tobora ko‘proq gapirilmoqda. Bu esa ishlab 


chiqaruvchilarning potensial mijozlarning ehtiyojlaridan xabardorligi, texnologik 
zanjirni avvaldan mo‘ljal qilish darajasining oshganligi bilan izohlanmoqda. Biroq 
bu sikllarni umuman e’tibordan chetda qoldirishga hali erta. 
O‘rta muddatli sikllar – makroiqtisodiy beqarorlikni o‘rganishda eng katta 
e’tibor qaratiladigan sikllardir, chunki hukumatning siyosati aynan shu siklik 
tebranishlarni silliqlashga qaratilgan bo‘ladi. Bu sikllar ba’zan o‘zining bir qator 
asarlarini ularni o‘rganishga bag‘ishlagan muallifning ismi bilan Juglyar sikllari 
deb ham ataladi. Ushbu sikllar quyida batafsilroq ko‘rib chiqiladi (13.2-bo‘lim). 
Uzoq 
muddatli 
sikllar 

Kondratevning uzun to‘lqinlari yoki 
kon’yunkturaning katta sikllaridir. Ularning muallifi – mashhur rus agrar 
iqtisodchisi Nikolay Dmitrievich Kondratevdir (1892—1938). U Angliya, Fransiya 
va AQShning XVIII asr so‘ngidan keyingi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlariga 
(narx darajasi, foiz stavkasi, ish haqi, tashqi savdo aylanmasi, iqtisodiyotning 
taraqqiyotini belgilovchi tarmoqlarning ba’zi ko‘rsatkichlari) oid statistik 
materiallarni umumlashtirib, o‘tkazilgan tahlillar asosida «kichik» sikllar (u kichik 
sikl deganda biz bugun o‘rta muddatli deb atayotgan sikllarni tushunar edi) bilan 
bir qatorda 48-55 yil davom etadigan «katta» sikllar ham bor, degan xulosaga 
kelgan. Natijada kichik sikllar katta sikllarning ustiga «qo‘yilgan» bo‘ladi, kichik 
sikllarning dinamikasi u yoki bu kichik sikl katta siklning qaysi bosqichiga to‘g‘ri 
kelganligiga qarab o‘zgarib turishi mumkin. 
Kondratev kon’yunkturaning katta sikllarini asosiy kapitalning passiv 
qismining yangilanishi bilan izohlar edi. 
O‘rta muddatli sikl (Kondratev bo‘yicha kichik sikl) asosan asosiy 
kapitalning aktiv qismining (mashina, dastgoh, asbob-uskunalarga sarflangan 
investisiyalar) yangilanishi bilan bog‘liq bo‘lgani kabi, uzoq muddatli sikl asosiy 
kapitalning passiv qismining (bino, inshootlar, kommunikatsiya tizimlariga 
sarflangan investisiyalar) yangilanishi bilan bog‘liqdir. 
O‘rtacha har 48-55 yilda butun iqtisodiy tizimning yangilanishi yuz beradi 
va uzoq muddatli siklning yuksaltiruvchi bosqichi boshlanadi. Kondratev statistik 
materiallarini umumlashtirgan 140 yil ichida 2,5 ta uzoq muddatli sikl va uchta 
yuksaltiruvchi bosqichlar kuzatilgan: u birinchi bosqichni to‘qimachilik 
sanoatining hamda cho‘yan ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan, ikkinchi 
bosqichni – temir yo‘llar qurilishi bilan, uchinchi bosqichni esa elektr toki, radio 
va telefonning joriy qilinishi bilan bog‘lagan. 
N.D. Kondratev yuksaltiruvchi bosqichlarda pasaytiruvchi bosqichlarga 
nisbatan ijtimoiy g‘alayonlar ko‘proq sodir bo‘lishini aniqlagan. Shuningdek, u 
pasaytiruvchi bosqichlarning qishloq xo‘jaligiga ayniqsa yomon ta’sir ko‘rsatishini 
ta’kidlagan va qarz kapitalining uzoq muddatli sikllar rivojlanishidagi ulkan rolini 
ko‘rsatib bergan: yuksaltiruvchi bosqichda kapitalga bo‘lgan talab keskin ortib 
ketadi va oqibatda foiz stavkasi ham ko‘tariladi. Moliyaviy mablag‘lar asta-sekin 
tugab boradi. Qarz kapitalining tanqisligi o‘z navbatida ishlab chiqarish 
imkoniyatlarini cheklab qo‘yadi, bu esa pasaytiruvchi bosqichga o‘tishni anglatadi. 
Bunda investisiyalar sustlik bilan amalga oshiriladi, bu esa keyingi, yuksaltiruvchi 
bosqichga kredit resurslarni yig‘ib qo‘yish imkonini beradi. 

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin