O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/106
tarix30.11.2022
ölçüsü1,36 Mb.
#71426
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   106
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

 
12 
– 
MAVZU: 
MAKROIQTISODIY 
BEQARORLIK: 
IQTISODIYOTNING SIKLLILIGI
Darsning o’quv maqsadi:  
Talabalarda iqtisodiy sikl tushunchasi, davriy tebranishlarning turlari, o‘rta 
muddatli sikl, o‘rta muddatli siklning bosqichlari xususiyatlari haqida bilim va 
ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Tushunchalar va tayanch iboralar
Iqtisodiy sikl, ekzogen nazariyalar, endogen nazariyalar, qisqa muddatli 
sikl, o‘rta muddatli sikl, uzoq muddatli sikl, inqiroz, depressiya, jonlanish, 
yuksalish, 
protsiklik 
o‘zgaruvchilar, 
antisiklik 
o‘zgaruvchilar, 
asiklik 
o‘zgaruvchilar 
Asosiy savollar 
1. 
Iqtisodiy sikl tushunchasi.
2. 
Davriy tebranishlarning turlari 
3. 
O‘rta muddatli sikl.
4. 
O‘rta muddatli siklning bosqichlari (fazalari) 
Bugungi dunyo iqtisodiy sikllarga xuddi qadimgi misrliklar Nil 
daryosining toshqinlariga qaragandek qaraydi. Hodisa davriy takrorlanib 
turadi. U hamma uchun ulkan ahamiyat kasb etadi. Biroq uning sabablari 
noma’lum. 
Jon Beyts Klark, amerikalik iqtisodchi 
Afsuski, jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot tarixi iqtisodiyotning hech qachon 
tekis va silliq yo‘l bilan, olg‘a rivojlanish yo‘lidan ketmaganligini yaqqol namoyon 
etmoqda. Bu tarix o‘zining turli bosqichlarda iqtisodiy kon’yunkturaning bir-birini 
davriy ravishda almashtirib turgan va almashtirib kelayotgan tanazzul yoki 
yuksalishni boshidan kechirib keldi. Bu o‘zgarishlar makroiqtisodiy beqarorlik 
yoki bozor iqtisodiyoti rivojlanishining davriyligi deb ataladi. 
Takror ishlab chiqarish inqirozlari, ya’ni siklik tebranishlarni vujudga 
keltiruvchi to‘lovga layoqatli talabning yo‘qligi XIX asrning boshidan buyon 
muntazam hodisaga aylanib bormoqda. Angliyada 1825 yilda yuz beran inqiroz 
birinchi mahalliy inqiroz deb, 1857 yilgi inqiroz esa birinchi jahon inqirozi deb 
nomlanmoqda. Jahon iqtisodiyotini ma’lum bir davriylik bilan larzaga solib 
kelayotgan inqirozlar tarixi ana shundan boshlanadi.
Tabiiyki, inqirozlar nazariyotchi iqtisodchilarning e’tiborini o‘ziga jalb 
qiladi. Turli davrlarda siklik tebranishlar ustida Sismondi, Marks, Juglyar, 
Shumpeter, Kondratev kabi buyuk iqtisodchilar tadqiqotlari olib bordilar. 
Hukumatning amaliy faoliyat sohasidagi vazifasi har doim siklik 
tebranishlarni tartibga solish, silliqlash bo‘lgan va shunday bo‘lib kelmoqda. 
Biroq, buni qanday usul va vositalari yordamida amalga oshirish mumkinligini 
ko‘rib chiqishdan avval iqtisodiy siklning o‘z xarakteristikasi, uning turlari va 
xususiyatlari ustida to‘xtalib o‘tish lozim. 



Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin