O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/106
tarix30.11.2022
ölçüsü1,36 Mb.
#71426
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   106
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

 
11-MAVZU: 
MAKROIQTISODIY 
MUVOZANAT: 
“AD-AS” 
MODELI 
Darsning o’quv maqsadi:  
Talabalarda yalpi talab va unga ta’sir etuvchi omillar, yalpi taklif va unga 
ta’sir etuvchi omillar, “AD-AS” modeli, narxlarning noelastikligi samarasi 
xususiyatlari haqida bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Tushunchalar va tayanch iboralar
Yalpi talab, Yalpi taklif, “AD-AS” modeli, Narxlar darajasi, yiriklashtirish, 
yalpi talab egri chizig‘i, Foiz stavkasi samarasi, Boylik samarasi, Yalpi taklif,yalpi 
taklif egri chizig‘i ,Vertikal kesma, Oraliq kesma, Gorizontal kesma, Narxlarning 
noelastikligi samarasi
Asosiy savollar 
1. 
Yalpi talab va unga ta’sir etuvchi omillar 
2. 
Yalpi taklif va unga ta’sir etuvchi omillar 
3. 
“AD-AS” modeli 
4. 
Narxlarning noelastikligi samarasi
 
Davlatning makroiqtisodiy boshqaruvining asosiy vazifasi makroiqtisodiy 
barqarorlikni ta’minlashdan iborat. Makroiqtisodiy barqarorlik deganda iqtisodiy 
inqirozlarga barham berish, iqtisodiy taraqqiyotni ifodalovchi ko‘rsatkichlarni 
muayyan darajada saqlab turish va iqtisodiyotni sog‘lomlashtirish tushuniladi.
1. 
Yalpi talab va unga ta’sir etuvchi omillar 
Yalpi talab bu – turli narxlar sharoitida davlat, uy xo‘jaliklari, korxonalar 
sotib olishi mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlarning yalpi xajmidir.
Xar qanday bozordagi vaziyat talab va taklifga, ya’ni ular hajmining 
o‘zgariga bog‘liq bo‘ladi. Ular o‘rtasida yuzaga kelgan nisbat o‘z ketidan 
narhlarning o‘zgarishiga va aksincha, narxlarning (u yoki bu tomonga) tebranib 
turishi talab va taklif hajmiga bevosita ta’sir qiladi. Bunday ta’kidlash faqat 
qandaydir bir alohida mahsulot yoki xizmatga oid bo‘lmaydi, balki umuman milliy 
bozorga ham taaluqlidir. Bunday bozordagi talab alohida haridorlar istagi va sotib 
olish qobilyati ko‘rinishida bo‘lmasdan, barcha haridorlarning birlashtirilgan talabi 
sifatida amal qiladi va makro darajadagi iste’mol qobilyatini aks ettiradi.taklif esa 
milliy ishlab chiqarish yalpi xajmining taklifi sifatida bozorga chiqadi.
Shunday qilib, yalpi talab shu xo‘jaligi, korxonalar, hukumat hamda xorijiy 
xaridorlarning milliy ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarga bo‘lgan talabidir.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin