O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə188/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

12-masala 
 
Firmangiz tovarining 3 ta daromad tahlilini o‘tkazing. 
 
13-masala 
 
Firmangizning tovar nomenklaturasiga kenglik va chuqurligi
muvofiqligi garmoniya nuqtayi nazaridan xarakterlang. 
 
14-masala 
 
“Procter and Gamble” nomenklaturasi bo‘yicha tanlash misolida 
qayd qiling.Tovar nomenklaturasining kengligi 6 ta assortiment guruhi 
bo‘yicha keltirilgan (haqiqatda korporatsiyada tovar assortiment guruhi 
keng miqyosda). 
-to‘yinganlik (24 ta tovar nomi); 


370 
- chuqurligi (masalan: “krest” tish yuvish pastasi 3 xil qadoqlash,
2 xil oddiy va mentol), ya’ni taklif chuqurligi 6 ga teng. Tovar 
assortimentini optimallashtirish bo‘yicha o‘z takliflaringizni bildiring
Firmangizning tovar nomenklaturasini tovarning bozor yoshi, uning 
elementlari nuqtayi nazaridan tavsiflab bering. 
O‘z firmangizning “bolalar”, “yulduzlar”, “sog‘in sigirlar”, “itlar” 
matritsasini tahlil qiling. 
 
15-masala 
 
O‘z mahsulotingizga tovar belgisini yarating. Eslab qolish oddiyligi, 
firma faoliyati profiliga to‘g‘ri keladigan va originalligi nuqtayi nazari-
dan tahlil qiling.
16-masala 
 
O‘z firmangiz tovarlarining qadoqlash (upakovkasi)ni aytib bering. 
 
17-masala 
 
Quyidagi tovarlarni 3 darajali tahlilini o‘tkazing. 
- krem, “Dansova” detektivi, kinoteatrda film. 
- yumshoq mebel, zamonaviy tufli, avtomat kir yuvish mashinasi. 
 
Muammoli vaziyatlar 
 
1. Amaliy marketingning kritik yondashuviga ko‘ra iste’molchilar-
ning ehtiyojlarini qondirish uchun minimal kerak bo‘ladigan tovarlarni 
marketing sotib olishga undaydi. Ushbu fikrga o‘z munosabatingizni 
bildiring. 
2. Bir kun Yuliy Sezar Rimlik mehmonlarni kutib olish uchun o‘z 
oshpazi Klodiyga mehmonlarni hayratga soladigan taom tayyorlashini 
buyurdi. Tushlik vaqtida oshpaz bir uyum qisqichbaqalarni 
mehmonlarga taqdim etdi. Ammo mehmonlar tayyorlangan taomning 
hech qanchalik hayratomuz emas ekanligini bildirdilar. Shunda oshpaz 
mehmonlarga yuzlanib qisqichbaqalar qaynatib pishirilgan bo‘lsada ular 
qimirlayotganligini ko‘rsatdi va rimlik mehmonlarni hayratga soldi. 
Mehmonlarni kuzatib Yuriy Sezar Klodiydan bunga qanday erishganlik 
sirini so‘radi. Klodiy esa bu juda oddiy shunchaki, pishgan qisqich-


371 
baqalar orasiga bitta tirik qisqichbaqani qo‘yib yuborganligi va u 
qimirlashi bilan qolganlarini ham qimirlatishini tushuntirdi. 
Rivoyatdagi tirik qisqichbaqa singari bozor iqtisodiyoti sharoitida 
marketing ham o‘zi harakatlanib bozorni ham harakatlantirishini 
tushuntirib bering. 
3. Janubiy Afrika aholisi uchun Brazilyada Oyoq kiyimlar islab 
chiqarish fabrikasini qurish oldidan 2 ta marketolog tadqiqot o‘kazish 
uchun yuborildi. 2 ta marketolog 2 xil fikr bilan qaytdi. 
1-marketolog: oyoq kiyimlar fabrikasuini tezda qurish zarurligini 
aytdi. 
2- marketolog: oyoq kiyimlar fabrikasini qurish shart emasligini 
aytdi. 
Sizning fikringiz qanday? Qaysi marketologning fikri to‘g‘ri? 
4.Quyidagi firmalarning faoliyati marketingning qaysi konsep-
siyasiga asoslangan? 
“Viktoriya” firmasi erkaklar kiyimlarini tikish bilan shug‘ul-
lanadi. Yangi modellarini yaratish uchun firma bozor talabiga 
asoslanadi. 
Savdo tarmog‘iga mebel fabrikasi arzon, qulay, sifatli mebellarni 
ishlab chiqaradi va keng assortimentda taqdim etadi. 
“Zebra firmasi” kanselyariya mahsulotlarini ishlab chiqaradi. 
Faoliyat ko‘rsatayotgan bozor talabini o‘rganmasdan tovar harakatining 
agressiv shakliga mo‘ljal olib mahsulot yaratadi. 
“Elektron” kompaniyasi elektron, maishiy tovar ishlab chiqarish-
da tovar zamonaviyligiga e’tibor qaratadi. Ular firmani boshqarishda 
o‘zining tovariga mavjud talabni o‘rganmasdan urg‘uni tovar siyosatiga 
qaratadilar. 
“Jamiyat” qurilish kompaniyasi faqat mazkur shaharda 
ro‘yxatdan o‘tgan ishchi xodimlarni ishga qabul qiladi. 
Sizning kompaniyangiz marketingni tashkil etishda qanday 
konseptual yondashuv bilan boshqaradi? 
5. Quyidagi holatlarda marketing axborotining qanday turi zarur? 
Ularni qaysi manbalardan olish mumkin? 
Bolalar o‘yinchoqlari zavodi o‘yinchoqlarni sotib olishda ota-
onalarning qarorlariga bolalarning ta’siri darajasini o‘rganish.
Tez rivojlanayotgan Chirchiq shahrida yangi kafeni joylashtirish 
imkoniyatini o‘ylab ko‘rmoqda. 


372 
Toshkent viloyati Moliya-iqtisodiyot kolleji korxona va tashkilotlar-
ga uning bitiruvchilari qanchalik kerakligini aniqlamoqda. 
6. Sizning o‘quv yurtingizga qo‘shni yangi pitseriyani ochishni 
o‘ylab yurgan tadbirkor duch kelishi mumkin bo‘lgan raqobatchilarning 
to‘rtta turi haqida aytib bering!
Nima uchun u ko‘proq pitsa sotilishiga to‘sqinlik qilishi mumkin? 
7. Yarim tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi O‘zbekistonning oziq-
ovqat sa’noati kompaniyalarining muvaffaqiyatiga mikromuhitining 
qanday tendensiyalari ta’sir ko‘rsatishi mumkin? 
8. Jamiyatni atrof-muhitning holati ko‘proq bezovta qilmoqda. 
Plastik qadoqlardan foydalanayotgan korxonalarning faoliyatiga ushbu 
holat qanday ta’sir ko‘rsatishini tushuntirib bering. 
9. “Kitoblar dunyosi” do‘koniga tashrif buyurganlardan necha 
foyizi xarid qilganligini baholash zarur. Shunday sharoitda ma’lumot 
to‘plashning qanday usulidan foydalanish mumkin? 
10. O‘z firmangizning mikro muhitini tariflab bering!
11. Sizning firmangiz mikro muhit omillarining o‘zgarishini qanday 
qabul qilganligini (ta’sirini) ko‘rsating. 
12. Sizning firmangiz duch kelgan raqobatchilar guruhi haqida 
aytib bering. 
13. Sizning firmangiz ishtirokchi bo‘lgan bozordagi talabning 
holatini baholang. 
14. Firmangiz mahsulotlarining potensial iste’molchilarini qanday 
qilib rag‘batlantirishingizni ayting. 
15. Sizning firmangiz raqobat kurashida (bozor ulushiga bo‘g‘liq 
holda) qanday o‘rin tutadi? 
16. Segmentatsiya yordamida firma qanday maqsadga erishadi? 
17. Korxona tomonidan segmentatsiyaning aniq belgilarini tanlash
nimaga bog‘liq? 
18. Qanday tovarni ishlab chiqaruvchilar nodifferensial marketingga 
amal qilishi kerak va ular nima uchun tejamkor hisoblanadilar? 
19. Nima sababdan konsentrlangan marketing tavakkalchilikni oshi-
rish bilan bog‘liq? Siz ushbu strategiyani qo‘llovchi firma tomonidan 
risklarni pasaytirishga qanday maslahat berasiz? 
20. Firma uchun bozor segmenti jozibadorligini baholash mezon-
larini aytib bering. 
21. Nima sababdan marketing bozor segmentatsiyasini va maqsadli 
bozorni tanlashni taqozo etadi?


373 
22. “Yevro spor tplus” firmaning yillik daromadi -10.000.000 $, 
xarajatlari esa 5.000.000 $. Bu firmaning rentabellik darajasini toping va 
izohlang. 
23. Siz marketing bo‘limi boshlig‘isiz, tovarlaringiz yaxshi sotil-
mayapti. Buni oldini olish maqsadida siz reklamadan foydalanishingiz 
kerak. Bu vaziyatda reklamaning qaysi turidan foydalanish maqsadga 
muvofiq, deb o‘ylaysiz va nima uchun? 
24.“Nilufar” firmasi bankrotga uchrash arafasida. Bankrotlikdan 
qutulishning bitta yo‘li davlatdan dotatsiya olishdir. Lekin davlat 
dotatsiyani 3 oydan keyin bera oladi. Vaqt juda oz. Bunday vaziyatda siz 
rahbar sifatida qanday ish tutasiz? 
25. Sizning kompaniyangiz yaqinda ish boshladi. Mahsulot ma’lum
muddat bozorda yaxshi sotildi. Vaqt o‘tishi bilan shu bozorda sizning 
mahsulotlaringizga bo‘lgan talab keskin tushib ketdi. Bunday vaziyatda 
menejer sifatida qanday yo‘l tutishingiz kerak?
26. Sizning kompaniyangiz xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya hisob-
lanadi. Vaqt o‘tishi bilan kompaniyangiz o‘z mijozlarini yo‘qota bosh-
ladi. Bunga xodimlaringizni barchasi malakali bo‘lishiga qaramasdan, 
ularning mijozga yomon xizmat ko‘rsatayotganligi sabab bo‘ldi. 
Mijozlar sonini ko‘paytirish uchun qanday chora-tadbirlar ko‘rish 
kerak? 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin