O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

 
 
 
 
IV bob. MARKETINGNING TARKIBIY TUZILISHI VA UNI 
BOSHQARISHNI TASHKIL ETISH 
 
4.1. Marketing tizimi haqida tushuncha 
 
Marketing nazariyasi iqtisodiy asoslarining shakllanish jarayonini 
XIX asrning 40-yillarida boshlangan, deb hisoblansada, u hozirgi 
paytgacha ham kam o‘rganilgan va munozarali bo‘lib qolmoqda. 
Marketing jarayonlarini yaxshi tariflovchi izchil nazariyalar umumiy 
metodologiya tamoyillari va qoidalarni yaratishga urinishlar marketing 
faoliyatini ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy tizimda mavjud bo‘lgan 
fan asoslari bilan bog‘lashga yordam bergan bo‘lsada, biroq bozor 
sharoitida biznes-hamkorlarning samarali o‘zaro harakatlarini tahlil 
qilish va bashoratlash uchun nazariy asos yarata olmadi. Bunga 
marketing qarorlarining iqtisodiy samaradorligini baholash metodlari va 
metodologiyasini iqtisodiy talqin qilish (sharhlash)ning murakkabligi 
ham sabab bo‘ladi.
Bozor munosabatlarining tobora chuqurlashib borishi marketing 
texnologiyalarini faol ravishda firmalar va bozor faoliyatiga tatbiq 
etishni taqozo qiladi. Tadbirkolik faoliyatini samarali olib borish, 
raqobat siyosati va monopoliyaga qarshi siyosatnig kuchayishi sof 
raqobatni vujudga keltirib, firmalarni o‘z faoliyatiga jiddiyroq e’tibor 
berishga undaydi. Tadbirkor, biznesmen va ishlab chiqaruvchilarning 
marketing kompleksi va metodologiyasiga murojaat etishi quyidagilar 
bilan asoslanadi. 
• Iqtisodiyotni boshqarishga demokratik yondashuv xo‘jalik yuri-
tuvchi subyektlarga erkinlik beradi, ularning faoliyatini qattiq nazorat 
qilish, faoliyatni cheklash kabilarga esa qonuniy tomondan barham 
beriladi. 
• Raqobat sharoitida ilgarigi boshqaruv tizimi asosida faoliyat 
yuritishning samarasiz ekanligi. 
• Bozor konyunkturasining keskin o‘zgarib turishi sharoitida 
tadbirkorlik korxonalarining marketingga murojaati boshqarishga 
boshqacha yondashuv zarurligini taqozo qiladi. 


80 
• Iqtisodiyotdagi jiddiy islohotlar, barcha soha rivojiga innovat-
sion yondashuv, axborot texnologiyalarining, xizmat sohalarining tez 
rivoji, tadbirkorlik ko‘lamining kengayib borishini marketingsiz 
tasavvur qilib bo‘lmaydi. Korxonalar iste’molchilarning talab va 
ehtiyojlarini qondirish orqali rejalashtirgan foydani olishiga marketing 
bevosita ta’sir etadi. 
Iste’molchi va xaridor kategoriyalari marketing jarayonida o‘ziga 
xos xarakterga ega. Mahsulot ishlab chiqaruvchidan to oxirgi 
iste’molchiga yetib kelgunicha bir necha bosqichlarni bosib o‘tadi. Bu 
orada savdo funksiyalari bilan chakana va ulgurji xaridolar 
shug‘ullanadilar. Ulgurji xaridor foyda olish maqsadida tovarni bevosita 
ishlab chiqaruvchi korxonadan sotib olib uni boshqa shaharlarga, savdo 
tarmoqlariga tarqatadi va shu orqali o‘zi narxlarni belgilab foyda 
ko‘radi. Bu yerda ulgurji xaridor iste’molchi emas, balki vositachi rolini 
o‘ynamoqda. Bu o‘rinda ulgurji xaridor tovar va xizmatlarga talabni 
shakllantiradi, o‘z navbatida bozorni o‘rganib, raqobatchi firmalarning 
kuchli va zaif tomonlarini aniqlaydi. Jarayonning yana bir muhim qismi 
bu tadqiqotlar asosida yangi innovatsion tovar yaratish bosqichi. Ilmiy 
tadqiqotlar, benchmarking orqali yangi texnologiyalar va tovar turlari 
yaratiladi. Kelajakda shakllanishi mumkin bo‘lgan potensial talab 
hajmlari aniqlanadi. Keyingi bosqichda yaratiladigan mahsulotning 
texnik-iqtisodiy xarakteristikalari, naflilik darajasi kabilarni modellash-
tirish amalga oshiriladi. Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun 
firmaning resurslari va moliyaviy imkoniyatlari aniqlanadi. Tajriba – 
sinov laboratoriyalarida mahsulotning namunalari chiqariladi va 
sinovdan o‘tkaziladi. Iste’molchi va ekspertlarning fikri tahlil qilinib
uning dizayni, kamchiliklari va boshqa ekspluatatsion xarakteristikalari 
haqida qaror qabul qilinadi.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin