191
ulg‘ayganda (keksayganda) esa u parhez taomlarni iste’mol qiladi. Vaqt
o‘tgan sari kiyimlar,
mebellar, dam olishga nisbatan ham individual did
(qarash) lar o‘zgarib boradi.
Individ ist’emolning strukturasi uning oilasi hayot siklining qaysi
bosqichdaligiga bog‘liq. Odatda, oilalar hayot siklining 9
bosqichi
ajratiladi, ularning har biri uchun ma’lum moliyaviy ahvol va o‘ziga xos
xaridlar xarakterli. Ko‘pincha, marketing rejasini ishlab chiqishda ishlab
chiqaruvchilar oilaning hayot tarziga mos davrdagi ma’lum maqsadli
guruhlarga ko‘ra ish tutadilar. E’tiborga
olish kerakki, bitta uy xo‘jaligi
egalari ham yagona oilani tashkil qilavermaydi. Marketologlar yolg‘iz
odamlar, fuqarolik nikohida yashovchilarni ham ajratadilar. Bundan
tashqari yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar inson hayot siklining psixologik
bosqichlari ham mavjudligini aniqladi.
Dostları ilə paylaş: