O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Shaxsga oid omillar. Hayotning yetuklik davrida har bir individ 
ma’lum psixologik «o‘tishlar» yoki «transformatsiyalar»ni boshidan 
o‘tkazadi. Marketologlar inson hayot siklini jiddiy o‘zgartiradigan 
holatlarga ajralish, beva qolish, qayta nikoh kabilar va ularning 
iste’molchilar tabiatiga ta’siriga alohida e’tibor qaratadilar.
Mashg‘ulot turi va iqtisodiy ahvoli. Xaridorlarning tovar sotib 
olishlariga ularning mashg‘ulotlari turi katta ta’sir o‘tkazadi. Ishchi 
maxsus kiyim, oyoq kiyimi va ovqatini solish uchun konteyner sotib 
olishga majbur. Kompaniya prezidentining holati esa qimmatbaho 
kostyum, katta yaxta, avia uchishlar va shahardan tashqaridagi ustuvor 
klublarni taqozo etadi. Marketologlar aniq tovar va xizmatlarni sotib 
olishdan manfaatdorlarni kuzatib, ularning professional guruhlarini 
aniqlashga, kompaniyalar esa mos keluvchi mahsulot ishlab chiqarishni 
mo‘ljallashga urinadilar. Masalan, turli xil kompyuter dasturlarini ishlab 
chiqaruvchi kompaniyalar uchun maqsadli segment sifatida menejerlar, 
injenerlar, huquqshunoslar yoki shifokorlar guruhlari bo‘lishi mumkin.
Iste’molchilarning tovar tanlashiga individning iqtisodiy ahvoli 
juda katta ta’sir ko‘rsatadi:
Oladigan daromadi (darajasi, barqarorligi, kelib tushish chastotasi), 
omonatining miqdori, qarz majburiyatlari, kredit qobiliyati, shuningdek, 
mablag‘ yig‘ish va uni sarflashga munosabati shular jumlasidandir. 
Talab xaridorlarining daromadlariga bog‘liq bo‘lgan tovarlarni ishlab 
chiqaruvchilar aholining shaxsiy daromadlari o‘zgarishi, jamg‘armalari 
me’yori va foiz stavkalari kabi tendensiyalarni doimo kuzatib boradilar. 
Agar makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar aholi daromadlari qisqargani haqida 


192 
guvohlik bersa, yetkazib beruvchi kompaniya mahsulot xarakterini 
uning narxi, namoyish etilishi kabilarini o‘zgartirishi mumkin, bunda 
tovar iste’molchi uchun avvalgidek qiymatga egaligini ko‘rsatish ko‘zda 
tutilgan.
8.1-jadval 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin