201
birlashtirib bozorga taalluqli iste’molchilarga, bu harakatlarni amalga
oshrishda yordam beruvchi firmalarni esa “metavositachilar”, deb
qaraydi. Bir metavositachiga misol sifatida Edmunds. com.web-saytini
ko‘rsatish mumkin. Edmunds.com. sayt avtomobillar va yondosh
xizmatlar bo‘yicha oldindan olinmagan, obyektiv ma’lumotlarni taklif
qiladi. Ular quyidagicha ishlaydilar:
Edmunds. com.da taqdim etilgan har
qanday avtomobillar uchun
foydalanuvchilar modelning o‘ziga xos xususiyatlari, sifati va dillerlar
narxini bilishi mumkin. Bir necha marka va modelni tanlash bilan
cheklanish, mashinalarni parallel taqqoslash mumkin. Sayt orqali ishlab
chiqaruvchilarga, maxsus iste’molchilarga atalgan va tanlangan avto-
mobillar haqida axborotlar bilan risolalarni buyurtma berish mumkin.
Yordam uchun turli avtomobillar egalari Edmunds («Edmunds
Town Hall») ga murojaat qilish mumkin. Bu yerda turli kompaniyalar
haqida salbiy fikrlar bilan saytlarga ilovalar ham topishi mumkin. Tez
orada foydalanuvchilar uchun bir yo‘la bir
necha markadagi avtomobil-
larning «haydovchilarini testdan o‘tkazish»ga yozilish imkoniyati bo‘la-
di, ularga Edmunds va CarMax, Avto Nationalning sherik kompaniyalari
va boshqalar homiylik qiladi. Xaridorlar mashinani bemalol, erkin
ko‘zdan kechira oladilar. Bunday testlashtirishning vaqti, joyi va
ishtirokchilari
oldindan belgilanadi, chunki xaridorlar aynan o‘zlariga
zarur modellarini sotib olishlariga ishonsa bo‘ladi. Mashinaning
markasini aniqlagach, foydalanuvchilar zarur model va modifikat-
siyalarni tanlashlari mumkin. Hammasi yakunlangach, “Edmunds” dan
(National-Bank orqali) mashina sotib olish uchun kredit olish, servis
kafolatni uzaytirish (Warranty Gold yordamida avtomobilni sug‘urtalash
(GEICO kompaniyalarida), qolgan pulga esa
aksessuarlar sotib olish
(J.C.Whitney dan) mumkin.
Olimlar tomonidan mashina sotib olishning tabiiy, besh bosqichni
o‘z ichiga oluvchi modeli ishlab chiqilgan: muammoni tushunib yetish,
axborotlar qidirish, variantlarni baholash, xarid haqida qaror va sotib
olingandan
keyingi reaksiya tabiiyki, xarid jarayoni bevosita tovar sotib
olishdan ancha oldin boshlanadi, uning oqibati esa sotib olish aksi yuz
bergandan keyin ancha vaqt o‘tib paydo bo‘ladi.
Xarid jarayoni modeli uning bosqichlari izchil davom etishini
ko‘zda tutadi.
1. Muammolarni anglab yetish.
2. Axborotlarni qidirish.
202
3. Variantlarni baholash.
4. Xarid haqida qaror.
5. Xaridga reaksiya.
Dostları ilə paylaş: