205
qiziqtiradi. Agar biz xususiyatlardan har biri insonga qanday ahamiyat
berishini bilsak, u qaysi markadagi kompyuterni tanlashini oldindan ayta
olamiz. Faraz qilaylik, ko‘pchilik kompyuter xarid qiluvchilar o‘z
xaridlarini biz ko‘rib chiqqan tarzda o‘xshash shakllantiradi. Marka
obrazining rivojlanish jarayoni haqidagi ma’lumotga ega bo‘lgan ShK
(shaxsiy kompyuter) ishlab chiqaruvchi iste’molchilarning qarorlariga
ta’sir eta olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Misol uchun, C kompyuter
markasiga qiziqishini orttirish uchun kompaniya quyidagi strategiya-
lardan foydalanishi mumkin:
- Kompyuter konfiguratsiyasiga (redizayn) o‘zgartirish kiritish.
Shuning uchun tovarning ko‘rinishi xarakteristikasi asosida qayta
pozitsiyalash deyiladi.
- Iste’molchining markaga nisbatan ishonchini o‘zgartirish. Bunday
strategiya ayniqsa, iste’molchi marka sifatini noto‘g‘ri baholaganda sa-
marali bo‘ladi. Iste’molchining marka haqidagi ishonchini o‘zgartirishga
yo‘naltirilgan harakatlar psixologik qayta pozitsiyalash, deyiladi.
- Raqobatchilarning markasiga nisbatan iste’molchilarning ishonchi-
ni o‘zgartirish. Raqobatli depozitsiyalanuv nomini olgan strategiya
iste’molchilar raqobatchilar markasi yaxshiroq xarakteristikaga ega,
deya xato o‘ylashganda, ma’noga ega. Uni amalga oshirish usullaridan
biri raqobatchilarning markasi taqqoslanadigan reklamalar chiqarish.
- Mahsulotning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘zgartirish. Marketo-
loglar iste’molchilarni kompaniyalar ishlab chiqargan Sh.Kning ayrim
xarakteristikalariga yetarlicha baho bera olmayotganliklarini ishontirish-
ga urinib ko‘rishlari mumkin. C markani ishlab chiqaruvchi xaridorlar
e’tiborini kompyuter vazn yengilligiga va gabaritiga qaratishi mumkin,
chunki u aynan shu sohada raqobatchilardan ustuvor bo‘ladi.
- Tovarning ayrim o‘ziga xos xusiyatlariga e’tiborni jalb etish.
Marketologlar xaridorning e’tiborini markaning u avval sezmagan
xarakteristikalariga jalb etishi mumkin. Agar C markadagi kompyuter
qiziq dizaynga yoki kuchli protsessorga ega bo‘lsa, ishlab chiqaruvchi
uning bu xususiyatini albatta, alohida ko‘z-ko‘zlashi (maqtashi) shart.
- Iste’molchining idealini o‘zgartirish. Ishlab chiqaruvchi xaridor-
ning tovarning bir yoki bir necha o‘ziga xos xususiyati haqidagi ideal
tasavvurini o‘zgartirishga urinib ko‘rishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: