206
variantni sotib olishga ishtiyoq tug‘iladi. Shu bilan birga tovarni sotib
olish ishtiyoqi va xarid haqida qaror o‘rtasida yana ikki omilning ta’siri
paydo bo‘lishi mumkin.
Birinchi omil – boshqa odamlarning
xaridga nisbatan munosa-
batlari. Boshqa odam fikrining salmoqliligi, birinchidan, iste’molchi
tomonidan tanlangan markaga nisbatan
uning salbiy munosabatining
jadalligiga, ikkinchidan, potensial sotib oluvchining boshqalarning
ishonchini qozonishiga.
Ikkinchi omil – xaridorining fikrini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan,
avvaldan ko‘zda tutilmagan vaziyatlar.
Tasavvur qiling, bizning
potensial xaridorimiz ishidan ajralib qoldi yoki boshqa yirik xarid
qilishiga to‘g‘ri kelib qoldi yoxud unga sotuvchi yoqmadi.
Shuning
uchun xaridorning afzal ko‘rishi yoki niyatiga ko‘pincha
ishonavermaslik kerak. Xaridor istagining o‘zgarishiga xarid haqidagi
niyatini keyinga qoldirishiga u anglab yetgan risk (xavf, tavakkalchilik)
ko‘proq ta’sir etadi. Risk miqdoriga quyidagilar kiradi:
- xarid uchun talab qilinadigan pul miqdori
- variantlar
bahosi
- tovar sotib olish niyati
- boshqa odamlar munosabati
- oldindan ko‘zda tutilmagan
holatlar omillari
- xarid haqida qaror
Xaridorning tovarning xususiyatlariga nisbatan gumonlariga va
individning ishonganlik darajasiga ta’sir etadi. Xarid bilan bog‘liq
risklarni kamaytirish uchun iste’molchilar
sotib olishni keyinga
qoldiradi, shu bilan birga ishlab chiqaruvchi mamlakat va beriladigan
kafolatlarga tayanib, yangi axborotlar yig‘adi. Marketologlar
xaridorlarning xarid bilan kuzatiladigan muammolar haqidagi
fikrlarni
yig‘ish omillarini e’tiborga olishlari va iste’molchini ular tomonidan
anglashiladigan xatarni kamaytiruvchi axborotlar bilan avvalroq
tanishtirishlari lozim.
Dostları ilə paylaş: