259
Ommaviy tovarlar uchun jahon bahosi sifatida xalqaro savdoning
asosiy markazlari birjasi hamda auksiondagi baho qabul qilinishi
mumkin. Sotuvchilar uchun ham, xaridorlar uchun ham jahon baholari
haqida ma’lumotga ega bo‘lish muhim ahamiyatga ega.
Jahon bozoridan baholar haqida ma’lumot saqlanadigan manbalarni
quyidagicha guruhlash mumkin.
1. Hisob-kitob erkin konvertirlangan valutada olib boriladigan oddiy
bitimlardagi baholar haqida olinadigan ma’lumotlar, xalqaro tovar birja-
larida e’lon qilinadigan xomashyolar uchun kotirovkalar.
2. Jurnallarda muntazam chop etiladigan baholar haqida ma’lu-
motlar, xalqaro uyushmalar, biznesmenlar, yirik agentliklar, maxsus
tashkilotlarning davriy nashrlarida e’lon qilinadigan ma’lumotlar.
3. Importyorlarning chet ellik mahsulot yetkazib beruvchilari bilan
import shartnomalari haqida ma’lumotlar.
4. Eksportyorlarning tashqi bozorda ma’lum tovarni sotishidagi
baholar haqida ma’lumotlar.
5. Preyskurantlar, firma kataloglari va shunga o‘xshash
manbalardagi ma’lumotlar.
Ko‘pincha bojxona statistikasi orqali ham baholar haqida
ma’lumotlar olish mumkin. Har bir tashqi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi
firma doimiy ravishda jahon bahosi haqida ma’lumotlarni o‘rganishi
zarur. Bu ishlar bilan narx bo‘yicha xizmatchilargina emas, balki
bevosita eksport-import operatsiyalari bilan shug‘ullanadigan tezkor
guruh ham shug‘ullanishi mumkin.
Xalqaro bozorda baho siyosati strategiyasini tanlashda quyida-
gilarga e’tibor berish kerak: eksport xarajatlari, xalqaro talab, raqiblar
narxi, narx belgilashdan ko‘zlangan maqsadlar, narxlarni boshqarish
bo‘yicha davlat tadbirlari va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: