O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Narxni iste’molchiga yo‘naltirish metodi



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Narxni iste’molchiga yo‘naltirish metodi narxlarni iste’molchilar-
ning tovarni qabul qilishlaridan kelib chiqib belgilashni ko‘zda tutadi. 
Potensial iste’molchilar tomonidan tovarning qabul qilinishi (idrok 
etilishi)ni o‘rganish uchun marketing tadqiqotlari zarur, shu bilan birga 
iste’molchining firma takliflariga kutilgan munosabatlarini ham 
shakllantirish lozim. Buning uchun tovarning maqsadli bozorga nisbatan 
munosabatlari, samarali namoyish etilishi, reklama qilish usullari 
bo‘yicha konsepsiyalar ishlab chiqish talab etiladi. Istalgan mahsulotni 
ishlab chiqarishga qo‘yish avval rejalashtirilgan narxni hisobga olgan 
holda va tovarning farqlanuvchi sifat xususiyatlarini ham qo‘shib, ishlab 
chiqarish hajmi hisob-kitobini bajarishni talab qiladi. Bunday yangi 
mahsulotlarning bahosi odatda, raqobatchilar narxidan yuqori bo‘ladi, 
shuning uchun sotuvchilar xaridorlarniular servisning yuqori darajasi, 
kafolatning davomli muddati, ushbu taklifning ishonchliligi va boshqa 


257 
aniq ustuvorliklari uchun qo‘shimcha haq to‘layotganliklarini dalillar 
bilan ishontirishga shay turishlari kerak. 
Narxning past darajasini mo‘ljallovchi xaridorlar uchun tovar ishlab 
chiqaradigan firmalar iste’molchi ongida asosiy ustuvorligi nisbatan 
arzon va sifatli bo‘lgan tovar obrazini shakllantirishlari kerak. 
Narxni raqobatga yo‘naltirish metodi raqobatchilar narxlarini 
kuzatib borishni talab etadi, o‘z xarajatlari va talabning hisobi 
bo‘ysunuvchi rolini o‘ynaydi. Narxning yetakchisi sifatida raqobatchi 
yetakchining narxi yoki o‘rtacha tarmoqli so‘raladigan narxning yuzaga 
kelgan darajasi ko‘rib chiqiladi. Narx yuqori, past yoki firma xaridorga 
uning takliflarini boshqa raqobatbardoshlikni tashkil etuvchilar sifati, 
foydali xossasi, servisi, kafolati va boshqalarga ko‘ra ustuvorligi sifatida 
raqobatchi tovar narxi darajasida bo‘lishi mumkin. 
Yuqorida aytilganlardan ko‘rinadiki, narx belgilash metodining har 
biri alohida bozorning, boshqa ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlardan 
ajralgan holda yuz beradi. Optimal narx odatda, sotuvchi, xaridor va 
raqobatchilar manfaatlarini tenglashtirmog‘i zarur. Tovarni sotish narxi-
ni narx siyosatining “sehrli uchburchagi” doirasida belgilash marketing-
ga oid yondashuv hisoblanadi. 
Xalqaro savdoda narxni belgilash murakkab, chunki narx noturg‘un 
kattalikdir. Unga jahon iqtisodiyoti egallab turgan sikli, bozor 
konyunkturasi, raqobatchilar, vositachilar va xaridorlar, valutalar 
kursining o‘zgarishi ta’sir qilib turadi. Xalqaro savdoda bahoning turli 
ko‘rinishlaridan foydalaniladi. Bu baholarni ifodalashda maxsus so‘zlar-
dan foydalaniladi, ularni qo‘shib aytish zarur.
Firma ichida tovar siyosati o‘tkazilganda firmaning umumiy 
natijalarini muvofiqlashtirish nuqtayi nazaridan baho belgilanishi kerak. 
Ikkita maqsadga intilish zarur: 
- baho yetarlicha yuqori bo‘lishi kerak, ya’ni ishlab chiqarish 
bo‘limini quvvatlash, bunda tovar ichki bozorda ham yaxshi sotilishi 
ko‘zda tutiladi; 
- baho yetarlicha past bo‘lishi kerak, ya’ni tashqi savdo tarmog‘i 
chet el bozorlarida raqobatdosh bo‘lishi uchun. 
Chet eldagi filiallar uchun transfert baho ancha murakkab, chunki 
soliq qonunlari, valuta kurslari, mahalliy qoidalar, bojxona tariflari va 
firmaning filial faoliyatida ishtirok etish darajasini hisobga olishni talab 
qiladi. 


258 
Agar soliq solish miqdori ikkala mamlakatda har xil bo‘lsa, qaysi 
mamlakatda sotish foydali ekanligi masalasi ko‘ndalang turadi. 
Umumiy holda firma soliq miqdori past bo‘lgan mamlakatda past 
transfert bahosi belgilashdan manfaatdor, lekin bu o‘z mamlakatining 
soliq xizmati tomonidan qarshilikka sabab bo‘ladi. Ikkinchi tomondan 
esa eksportyor mamlakat bojxona xizmati past baholarni asos sifatida 
qabul qila olmaydi, chunki u kam foyda berish bilan birga, 
mamlakatdagi mahalliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish sifatiga 
ham ta’sir qiladi.
Firmaning filial faoliyatida qatnashishi shu tomondan muhimki, 
qo‘shma korxona yoki litsenziya haqida gap ketsa, eksport qiluvchi uni 
yuqori transfert bahoda sotadi, foydani esa hamkori bilan bo‘lishmaydi.
Agar firma filialiga to‘liq egalik qilsa, past narx belgilashga harakat 
qiladi.
Turli davlatlarda huquq formalari va soliq qonunchiligining har 
xilligi hisobga olinsa, xalqaro saviyada standart strategiya ishlab chiqish 
qiyinligini baholash qiyin emas. 
Eksport xarajatlari tashqi bozorda belgilanadigan bahoning ancha 
qismini o‘z ichiga oladi. Shuning uchun ham tashqi bozorda belgilana-
digan baho bilan xalqaro transfert baho eksport xarajatlarini hisobga 
olgan holda solishtirilishi kerak. 
Eksport xarajatlari, ya’ni tovarni quruqlik, dengiz yoki havo yo‘llari 
transportida tashish, yuklash-tushirish, bojxona, port kabilar yig‘imlari, 
sug‘urta, eksport-import bojlari eksport qilinayotgan tovar narxini 
sezilarli ko‘tarib, uning raqobatbardoshligini pasaytirishi mumkin. 
Shuning uchun bu xarajatlarni aniq baholashni, javobgar shaxs kim 
bo‘lishini aniq tasavvur qilishni talab qiladi. 
Narx belgilashda chet eldagi narx ichki narxdan kam bo‘lmasligiga 
e’tibor berish kerak, chunki importer mamlakat firmani dempingda 
ayblashi mumkin.
Endi tovarning jahon bahosiga kelsak, u mana shu tovarni jahon 
bozorida sotiladigan o‘rta bahosidir.
Jahon bahosi quyidagi asosiy alomatlari bilan ifodalanadi: katta 
tovar bozorlari talablariga mos keladigan yirik eksport va import 
kelishuvlarida qo‘llaniladigan baho, muhim bozorlardagi muntazam 
amalga oshiriladigan bitimlarda qo‘llaniladigan baho, to‘lov erkin 
konvertirlangan valutada olib boriladigan kelishuvlarda qo‘llaniladigan 
baho. 


259 
Ommaviy tovarlar uchun jahon bahosi sifatida xalqaro savdoning 
asosiy markazlari birjasi hamda auksiondagi baho qabul qilinishi 
mumkin. Sotuvchilar uchun ham, xaridorlar uchun ham jahon baholari 
haqida ma’lumotga ega bo‘lish muhim ahamiyatga ega. 
Jahon bozoridan baholar haqida ma’lumot saqlanadigan manbalarni 
quyidagicha guruhlash mumkin. 
1. Hisob-kitob erkin konvertirlangan valutada olib boriladigan oddiy 
bitimlardagi baholar haqida olinadigan ma’lumotlar, xalqaro tovar birja-
larida e’lon qilinadigan xomashyolar uchun kotirovkalar. 
2. Jurnallarda muntazam chop etiladigan baholar haqida ma’lu-
motlar, xalqaro uyushmalar, biznesmenlar, yirik agentliklar, maxsus 
tashkilotlarning davriy nashrlarida e’lon qilinadigan ma’lumotlar. 
3. Importyorlarning chet ellik mahsulot yetkazib beruvchilari bilan 
import shartnomalari haqida ma’lumotlar. 
4. Eksportyorlarning tashqi bozorda ma’lum tovarni sotishidagi 
baholar haqida ma’lumotlar. 
5. Preyskurantlar, firma kataloglari va shunga o‘xshash 
manbalardagi ma’lumotlar. 
Ko‘pincha bojxona statistikasi orqali ham baholar haqida 
ma’lumotlar olish mumkin. Har bir tashqi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi 
firma doimiy ravishda jahon bahosi haqida ma’lumotlarni o‘rganishi 
zarur. Bu ishlar bilan narx bo‘yicha xizmatchilargina emas, balki 
bevosita eksport-import operatsiyalari bilan shug‘ullanadigan tezkor 
guruh ham shug‘ullanishi mumkin. 
Xalqaro bozorda baho siyosati strategiyasini tanlashda quyida-
gilarga e’tibor berish kerak: eksport xarajatlari, xalqaro talab, raqiblar 
narxi, narx belgilashdan ko‘zlangan maqsadlar, narxlarni boshqarish 
bo‘yicha davlat tadbirlari va boshqalar. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin