O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Narxni belgilashdagi asosiy yondashuvlar



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Narxni belgilashdagi asosiy yondashuvlar: 
Zararsizlik va maqsadli foydani ta’minlashning tahlili asosida 
narx hisob-kitobi. Korxona xohlaydigan foyda hajmini ta’minlaydigan 
narxni qo‘yishga intiladi. Narxlashtirishning bu uslubiyoti zararsizlik 
grafigiga asoslanadi.
Talabga yo‘naltirilganlik. Ko‘pgina korxonalar narxlashtirishning 
asosiy omili xarajatlar emas, tovarning iste’molchi tomonidan xaridorlik 
yuzasidan qabul qilinishi, deb hisoblaydilar, ya’ni gap tovarning 
foydaliligi va uning narxga sezgirligi haqida boradi. Demak, narx bu 
holda tovarning qiymat jihatdan sezilarli muhimligiga muvofiq kelishi 
kerak. 


255 
Raqobatchilarga yo‘naltirilganlik. Joriy narxlar darajasi asosida 
narxlarni belgilayotganda korxona asosan raqobatchilar narxidan kelib 
chiqadi va o‘z xarajatlari yoki talab ko‘rsatkichlariga kamroq e’tibor 
beradi. Bunday yondashuv ancha keng tarqalgan.
«Yetakchi orqasidan quvish» usuli. Bu holda tovar narxini 
belgilash bozordagi yetakchi raqobatli muhitning narxi asosida, tovar va 
uning sifati, differensiatsiyasi asosida amalga oshiriladi. Mohiyatiga 
ko‘ra bu usul yetakchi narxga yo‘naltirilgan holda o‘z narx siyosatidan 
voz kechishni ko‘zda tutadi. 
O‘rtacha bozor narxlari usuli. Hisob-kitoblar «o‘rtacha bozor 
narxlari» bo‘yicha raqobatchilik ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi. 
Korxona ularga mo‘ljallanib hosil bo‘lgan narx darajasida, yuqorioq 
yoki pastroq narxlarni belgilashi mumkin. Buning uchun bozorda 
egallaydigan mavqeyi, korxonaning obro‘-izzati asos bo‘lib xizmat 
qiladi. O‘rtacha narxdan yuqori bo‘lgan narx faqatgina agar tovar 
muhim iste’mol xususiyatlariga ega bo‘lsa, tovar markasi yuqori bo‘lsa 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Agar korxona bozorda mustahkam o‘rinni 
egallashga intilsa, past narxlar amaliyotiga murojaat qilishi shart emas, 
chunki mazkur holda o‘z obro‘sini va u bilan birga iste’molchilarini ham 
yo‘qotishi mumkin. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin