O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

 
Korxonaning narx siyosati 
 
Narx siyosati korxonaning bozordagi umumiy siyosatining ajralmas 
qismi hisoblanadi.“Siyosat” so‘zining ma’nosi mumkin bo‘lgan san’at, 
deyiladi. Bu tarif narx siyosatining tarifiga ham to‘g‘ri keladi. Narxni 
shakllantirish, bu san’at chunki u yuqori aniqsizlik davrida amalga 
oshiriladi. Korxonaning narx siyosati – bu maksimal darajada narx 
shakllanishi sohasidagi imkoniyatlardan foydalanishga, salohiyatni 
xaridor uchun bo‘lgan raqobatda yutishga va o‘z maqsadlariga erishish 


260 
uchun narxni ko‘tarishga qaratiladi. Narx siyosati narx strategiyasi 
orqali amalga oshiriladi. Narx siyosati taktik-operativ aksiyalarni, 
ma’lumot tizimini (yig‘ish, tahlil qilish vositalari), tashkiliy qarorlar 
(tartib va jarayon jihatlar) ni o‘z ichiga oladi.
Taktik — operativ aksiyalar o‘z ichiga quyidagilarni oladi: qisqa 
muddatli pog‘onalarni shakllantirish, narxlar tarkibi, narxlar differen-
siatsiyasi, narxlar variatsiyasi, narx chizig‘i siyosati, narxlarni 
yo‘naltirish. Taktik – operativ aksiyalarning qo‘llanilishi korxonaning 
strategik maqsadlari bilan mos kelishi lozim, u bozorda o‘z mavqeyini 
egallash uchun qilinadi. Shuning uchun narx siyosati strategik baza 
(narx strategiyasi) ga muhtojlik sezadi.
Hozirgi kunda “narx menejmenti” narx siyosatiga sinonim bo‘lib 
hisoblanadi. Bunday o‘zgarishlarning asosiy sababi bo‘lib quyidagilar 
hisoblanadi: narxlar differensiatsiyasi kuchaydi, buni narx diskrimi-
natsiyasi yoki mahsulot differensiatsiyasi bilan izohlash mumkin. 
Narxlar differensiatsiyasi mahsulot parametrlari va xaridorlar 
guruhining to‘lay olish qobiliyatlariga katta ahamiyat beradi. Tovar 
differensiatsiyasi raqobat ko‘rinishida asosiy vosita bo‘lganligi sababli 
korxonalar xaridorlarning tovarga bo‘lgan ichki talablarini aniqlash va 
tovarni ularga yetkazib berishga katta ahamiyat beradi. Tovar 
defferensiatsiyasi segmentatsiya va baho bo‘yicha olib boriladigan 
ishlarni murakkablashtirdi va yanada chuqurlashtirdi. Baho tizimida 
narxlar differensiatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan korxonaning barcha 
imkoniyatlari birgalikda rivojlantirilmoqda. 
Yangi bozor raqobat sharoitlariga moslashish sifatida yoki qisqa 
muddatli narx aksiyalari sifatida narxlar variatsiyasi doimo 
kuzatilmoqda. Bularning barchasi narx siyosatini har xil masalalarni 
yechishga majbur qildi. 
Globalizatsiya va savdoning kengayishi oqibatida sotish kanallarida 
narx qarshiligi kuchaydi. Buning oqibatida narx kelishuvlari va sotish 
siyosatining roli oshdi. Boshqarish kerak bo‘lgan yuqori muammoli 
narxlar o‘zgarishi yuzaga keldi. Narx siyosatining malakalilik darajasi, 
bozorni o‘rganishning zamonaviy usullari, narxni rejalashtirish narx 
nazorati yordamida oshdi, oqibatda ma’lum vaziyatlarda korxonalar 
raqobat ustunlinligiga ega bo‘ldilar. 
Bozorning javob harakatiga qaratilgan tavakkalchilik. Ko‘plab narx 
siyosati bo‘yicha qabul qilingan qarorlar doimo o‘zgarib turuvchi va 
kompleks sharoitlarda qabul qilinadi. Shuning uchun korxonaning “narx 


261 
- naflilik” birligiga bozorning javobini oldindan bilish qiyin. Shu 
munosabat oqibatida bozorning javobiga qaratilgan tavakkalchilik, ya’ni 
narx belgilanganda ko‘zda tutilmagan xarajatlar vujudga keladi. Bu 
tavakkalchiliklar yuqori va past narxlar sharoitida bo‘lishi mumkin va 
yo‘qotilgan narx imkoniyatlariga kiradi (opportunistik xarajatlar). 
Yetkazib berish va to‘lash shartlaridagi tavakkalchilik. Ishlab 
chiqaruvchi sotib oluvchilar (xaridorlar) bilan yetkazib berish va to‘lash 
shartlarini shaxsan kelishib oladi. Raqobat ko‘p hollarda sotuvchilarni 
xaridorlarga chegirmalar qilishga majbur qiladi, oqibatda ularning 
foydasi kamayadi. Alohida xavf nazorat qilinmagan chegirmalar, bonus-
lar to‘lash sharoitlari joriy qilinganda bo‘ladi. 
To‘lov tavakkalchiligi. Ular xaridorlar o‘z shartnoma majbu-
riyatlarini bajarmaganlarida yuzaga keladi (shartnomani bajarmaslik 
tavakkalchiligi). Agar xaridorlar to‘lash imkoniyatlari yo‘qligini sabab 
qilib, mahsulotlar narxining bir qismini to‘lasa, qolgan pulini kelishilgan 
muddatda to‘lashni kelishib olsa, to‘lov tavakkalchiligi vujudga keladi. 
Dispozitsion tavakkalchilik. Ayrim mamlakatlarda chet el ishlab 
chiqaruvchilarning (sotuvchilar) narx suvereniteti mamlakatning siyosiy 
– iqtisodiy manfaatlari tufayli qisqartiriladi. 
Narx tavakkalchiligi albatta nafaqat sotuvchilarda, balki xaridor-
larda ham kuzatiladi. 
Narx siyosatida maqsadlarsiz qabul qilinadigan strategiya vositalari-
dan katta foyda olish qiyin. Maqsadlar tizimini loyihalash narx 
menejmentining asosiy vazifalaridandir. Rejali narx qarorlari maqsadlar 
tizimini keltirib chiqaradi. Har bir tashkilot individual ustuvor 
maqsadlardan kelib chiqqan holda o‘z maqsadlar tizimini ishlab chiqadi. 
Shu sababli ilmiy asoslangan maqsadlar tizimi mavjud emas. Narx 
siyosatida maqsadlar tizimi ishni amalga oshirish nuqtasidir. Agar 
potensial narxlar maqsadlar piramidasida iyerarxiya ko‘rinishida 
ifodalangan bo‘lsa, bu juda yaxshi. Bu o‘z ichiga hamma maqsadlarni 
olmaydi, ammo ifodalangan maqsadlar munosabati narx siyosatini 
tushunishga yordam beradi. Umuman olganda narx siyosatini korxona-
ning faqat marketing yo‘nalishida emas, balki boshqa yo‘nalishda ham 
qo‘llash lozim. Korxona narx siyosati oldiga qo‘yadigan maqsadlariga: 
daromadlarni maksimallashtirish, tizimlarni maksimallashtirish, ma’lum 
foyda normalarini olish, kelayotgan daromadlarni saqlash, xarajatlar 
kompensatsiyasi, ishlab chiqarish ko‘lamini oshirish, bozorga kirish, 
raqobatchilarni kamaytirish, potensial raqobatchilarni bozorga 


262 
kiritmaslik, bozorda mavqeyini saqlash va kengaytirish, o‘z faoliyati 
uchun turg‘un va ijobiy muhitni, korxona faoliyatini saqlash kabilar 
kiradi. U yoki bu maqsadni amalga oshirish uchun marketing 
vositalaridan foydalaniladi. Biz o‘z diqqatimizni marketing maqsad-
lariga qaratamiz. Narx siyosatida maqsadlar tizimi rivojlanishi yuqori-
dan pastga qarab sodir bo‘ladi. Bunda maqsadlarning agregatlangan 
variantlari vositasida kirim yoki o‘rtacha narx xaridorlarning narxdan 
qoniqishi yoki narxga ishonch maqsadi yaqinlashadi. Bu juda muhim, 
chunki oxir–oqibatda xaridorlarning harakati narx siyosati 
muvaffaqiyatiga bog‘liq. Xaridorlar xaridlariga qarab tuzilgan maqsad-
lar tizimi xaridorlarga yo‘naltirilgan va ularni tashkilot mahsulotlariga 
ko‘niktirishga asoslangan narx siyosatining zamonaviy talabidir. 
10.3-jadval 
 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin