O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

 
 
 
 
 
 
 
 
 
10.2.-rasm. Narxdan qoniqqanlikning vujudga kelishi va oqibatlari 
 
Qoniqqanlik – bu tovarlar sifatini kutilgan daraja bilan solishtirish, 
o‘rganish demakdir. Qoniqqanlik darajasining uch fazasi farqlanadi. 
1. Kutishning shakllanishi. Xaridorlar narxlarga nisbatan kutgan 
holatlarini, narx ularning ehtiyojlarini qondirishini, reklama va servis 
darajasini o‘rganadi. Normativ kutish kutilgandan ortig‘iga duch kelishi: 
2. Qiyoslash jarayoni. Xarid jarayonida xaridor tovar narxining 
alohida atributlarini his qiladi. Mavjud narxlar kutilgan narxlar bilan 
qiyoslanadi. Agar natijalar kutilgandan yomon bo‘lsa, narxdan 
qoniqmaslik vujudga keladi. Aksincha, xaridor narxdan qoniqadi. 
3. Narxdan qoniqqanlikning oqibatlari. Narxdan qoniqish ham 
chakana xaridor uchun, ham ulgurji xaridor uchun ko‘p ijobiy natijalar-
ga, yangi bitimlar tuzilishiga sabab bo‘ladi. Xaridorlarning takroriy 
xarid qilib, firma mijoziga aylanishiga olib keladi. 
Narxdan qoniqishni differensiallashgan holda ko‘rib chiqish lozim: 
1. Xaridorlar tovarni baholayotganda uning har bir belgisini baho-
laydilar. Masalan, avtomat kir yuvish mashinasining funksiyalari sonini, 
energiyani tejashini, dasturlar sonini, kir vazniga mo‘ljallanganini 
baholaydilar. 
2. Xaridorlar tovarning bir atributidan qoniqishsa, boshqasi uni 
qoniqtirmaydi. Masalan, avtomobil dizayni, markasi, narxi yoqsa, uning 
ko‘p benzin sarf qilishi yoqmaydi. 
Narxning qabul qilish 
natija bilan 
solishtirish 
Narxni qabul 
qilish 
Narxni kutish 
Ehtiyojlar 
Kutish
Og‘zaki 
reklama 
Ishlab 
chiqaruvchi, 
sotuvchi bilan 
aloqa


272 
3. Narxdan qoniqishning defferensial o‘lchovi o‘ziga xos axborot 
hisoblanib, yuqori diagnostik ahamiyatga ega. Amaliy ahamiyati ko‘p 
bo‘lib, narxdan qoniqishning o‘lchami hisoblanadi. 
Tovar narxidan qoniqish ko‘p tomonlama baholangani uchun avval 
narx-navoni bo‘lishi mumkin bo‘lgan ehtimolli darajasini kutilgan 
daraja bilan baholab mahsulotdan mahsulotga, tarmoqdan tarmoqqa, 
sotuvchidan sotuvchigacha bo‘lgan holati o‘rganiladi. 
Narxning sofligi (tiniqligi). Narx sofligi, aniqligi haqida iste’mol-
chi to‘liq ma’lumotga ega bo‘lib, korxonaning tovarga qo‘ygan narxiga 
xaridorda ishonch hosil bo‘lishi kerak. Narxning sof belgilanganligi 
xaridorning qoniqish darajasini mezoni bo‘lib hisoblanadi. 
Bu holda 4 vaziyatga e’tibor qaratish kerak. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin