273
Raqobat muhitida korxona raqobatdosh bo‘lib faoliyat ko‘rsatishi
uchun «Narx – sifat» nisbatini muntazam yaxshilashga urinadi.
Bunga
erishish uchun korxona iste’molchilar ehtiyojlari va talablarini
muntazam o‘rganib borishi, tovarga innovatsion yondashishi, uni
mukammallashtirishi kerak. Raqobatning mavjudligi sifat uchun
kurashdan faqat iste’molchilar yutadi.
Raqobat har bir korxonaning
tovarini sifatli, naflilik darajasi yuqori, qadoq shakli, vazni turli
iste’molchilar segmentlariga mo‘ljallangan bo‘lishi
korxona savdo
aylanmasi va foydasining yuqori bo‘lishiga olib keladi.
Korxonalarning «narx–sifat» nisbatini yaxshilashga doimiy
urinishida avvalo, iste’molchilarning to‘lov qobilyatini ham o‘rgangan
holda (ya’ni to‘lov qobilyatining maksimal darajasi) mahsulot sifatini
eng yuqori darajaga ko‘tarish, mahsulot tannarxini qanchaga olib
kelishini hisob–kitob qilishlari kerak. Bu aniq maqsadga yo‘naltirilgan
narxni Target costing (maqsadli) usulini qo‘llab topish mumkin. Bu
«maqsadli baho» korxonada «yangi mahsulot»
ishlab chiqarish uchun
ketadigan umumiy xarajatlarning shakllanishi uchun bazaviy bo‘lib
hisoblanadi. Maqsadli bahodan qancha foyda olish mo‘ljallangan bo‘lsa,
o‘sha miqdor ayriladi, natijada maqsadli xarajatlar miqdori kelib
chiqadi. Maqsadli xarajatlarni mahsulotga ketadigan barcha ingrediyent-
lariga bo‘lib chiqib, butun mahsulotning bozor bahosi aniqlanadi. Ya’ni
mahsulot
kalkulyatsiyasi hisoblanib, uning tannarxi va sotilish narxlari
(chakana, ulgurji) belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: