284
o‘zgarganda ham o‘z narxlari o‘zgarishining tashabbuskori bo‘la
olmaydi. U raqobatchilari (narx yetakchisi) narxi o‘zgarishini e’tiborga
oladi va unga moslashib oladi.
Narxlar urushi. Bu strategiya narxlarni tajovuzkorona ravishda
tushirilishiga asoslangan. Narxlar urushi, odatda, mahsulotga talab
kamayib, buning oqibatida bozorda ortiqcha
takliflar yuzaga kelganda
paydo bo‘ladi. Chunki narxlar urushi ishlab chiqaruvchilar oladigan
foydani kamaytiradi.
Nazorat uchun savollar
1. Baho nima?
2. Bozor iqtisodiyoti sharoitida qanday narxlar mavjud?
3. Erkin narx deganda nimani tushunasiz?
4. Narxga ta’sir etuvchi omillarni sanab bering.
5. Narx strategiyalarini tushuntiring.
285
XI bob. SOTISH SIYOSATI
11.1.Tovarlarni tarqatish tarmoqlari xususiyatlari va ularning
tuzilishi
Tovar ishlab chiqarilib
unga narx belgilangach, tadbirkor uni
tarqatish yoki iste’molchilarga yetkazishga harakat qilishi kerak. Shu
bois marketing kompleksi tizimida savdo siyosati (o‘tkazish, yetkazib
berish, sotish) alohida o‘rinni egallaydi.
Savdo tizimi – tashkilot mahsulotini maqsadli iste’molchilar xarid
qilishi uchun yengil bo‘ladigan holga keltirishga yo‘naltirilgan
faoliyatini tavsiflovchi marketing kompleksi elementidir.
Savdo–mahsulotning korxonadan chiqqandan keyingi bajariladigan
hamma tadbirlar kompleksini: mahsulotni ishlab chiqaruvchidan
iste’molchiga yetkazib berishning
optimal tizimini tanlash, uning
transportirovkasi, omborga joylashtirilishi, saqlanishi, ulgurji va
chakana savdo bo‘g‘inlariga
yuborilishi, sotishdan oldin ishlov berish va
tovarning xususiy sotilishi, shuningdek, sotuvdan keyingi (servis)
iste’molchilarga xizmat ko‘rsatilishini o‘z ichiga oladi. Savdo
(o‘tkazish) va sotish tushunchalarining qanchalik
mosligi ana shunda
ko‘rinadi. Savdo (o‘tkazish) o‘zida jarayonlarning butun bir tizimini aks
ettiradi, sotish esa uni yakunlaydi.
Savdo tizimi o‘z faoliyatini ifodalashi uchun o‘ziga xos bo‘lgan
tushuncha ishlab chiqiladi. Ulardan ayrimlariga to‘xtalamiz.
Mahsulotni iste’molchiga yetkazishgacha bo‘lgan asosiy masalalar-
dan biri savdo kanallarini tanlash hisoblanadi.
Savdo kanali orqali ishlab chiqarish tashkilotlaridan tovar
iste’molchilarga yetkazilib, individual iste’mol
qilish yoki foydalanish
imkoniyati amalga oshiriladi, ya’ni bu tovarlarni ishlab chiqaruvchidan
iste’molchi tomon harakatlanuvchi yo‘li.
Sotuv kanali –bu ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga tovar yetib
borishini ta’minlashda ishtirok etuvchi tashkilot. Sotuv kanali alohida
olinganda quyidagilar bilan asoslanadi:
• mahsulotlarni tarqatishda moliyaviy
xarajatlarni qisqartirish;
286
• xarajatlarni qisqartirish hisobiga ishlab chiqarishni rivoj-
lantirish;
• tovar sotuvini samarali yo‘llar bilan tashkil etish;
• sotuv hajmlarining oshishi, maqsadli bozorlarga tovarni
yetkazish.
Savdo kanallarini ularni tashkil etuvchi darajalar soni bo‘yicha
tavsiflash mumkin.
Vositachilar darajasi – tovarning
yaqinlashuvi va unga oxirgi
xaridorning mulk egasi huquqi bo‘yicha ma’lum ishlarni bajaruvchi har
qanday vositachi.
Mustaqil darajalar soni savdo kanali vositasi uzunligini belgilaydi.
Belgilangan ishni ishlab chiqaruvchining o‘zi va oxirgi iste’molchi
bajargani uchun ular ham istalgan vosita tarkibiga kiradilar. Uzunligiga
bog‘liq holda savdo kanallari (vositalari)ning quyidagi turlari farqlanadi.
Eng soddasi nol darajali kanal (vosita) hisoblanadi. U tovarni
bevosita iste’molchilarga sotuvchi ishlab chiqaruvchidan tashkil topadi.
Dostları ilə paylaş: