O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

O‘rtacha narxlar strategiyasi. Bu strategiya narxlarni xaridorlar 
tomonidan tovar qiymatini idrok etilishi darajasiga ko‘ra belgilashni 
ko‘zda tutadi, ya’ni narx tovarning haqiqiy qiymatiga mos ravishda 
belgilanadi. 
O‘rtacha narxlar strategiyasi korxonada yuqori narxlar strategiyasini 
ham (sifat darajasi boshqacha, xaridorlar o‘ta sezuvchan), past narxlar 
strategiyasini ham (xaridorlar tovarning sifati past, deb tushunishlari, 
raqobatchilar narxning past darajasiga o‘zlarining shunga o‘xshash 
tovarlarining narxini pasaytirish bilan javob berishi mumkin) qo‘llash 
imkoni qolmaganda foydalaniladi. 
O‘rtacha narxlar strategiyasi bozorda bir-biriga o‘xshash, 
raqobatlashuvchi tovarlar ko‘pligi tufayli ko‘pchilik korxonalar uchun 
eng tipik strategiya hisoblanadi. Bu strategiya «narxlar urushi» imkonini 
istisno qiladi. Bunday strategiyani o‘zining bozordagi faoliyati uchun 
qulay iqlim barqarorligi va saqlanishidan manfaatdor va foyda olinishiga 
uzoq muddatli siyosat, deb qarovchi korxonalar ko‘proq qo‘llaydi. Bu 
strategiya yangi raqobatchilar paydo bo‘lishiga olib kelmaydi, xaridorlar 
hisobiga «boylik orttirish»ga imkon bermaydi, shu bilan birga qo‘yilgan 
kapitalga adolatli foyda olish imkonini beradi. 
«Maqsadli» narxlar strategiyasi (maqsadli foyda). Bu strategiyada 
maqsadli miqdor foydaning ma’lum (berilgan) summasi qo‘yilgan 
kapitalga foydaning rejalashtiriladigan foizi hisoblanadi. 
 O‘zgarmas narxlar strategiyasi. Bu strategiyada firma o‘z tovari 
narxini iloji boricha o‘zgartirmaslikka intiladi. Xarajatlar o‘sishi 
kuzatilgan holatlarda firma narxni oshirish tomonga qayta ko‘rib chiqish 
o‘rniga hamma o‘ram (upakovka)larni kamaytiradi, tovar tarkibini 
o‘zgartiradi va boshqalar. Shu bilan birga iste’molchi narx o‘sishining 
bunday o‘zgarishini afzal ko‘radi, deb faraz qilinadi. Bu strategiya 
narxning yashirin oshishini aks ettiradi. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin