296
• Ulgurji savdoni barcha texnologik ketma-ketlikda bajarish,
operatsiyalarning daromadliligini nazorat qilish (ulgurji shaklida sotib
olish, saqlash, qadoqlash, nav (sort)
larga ajratish, sotish).
• Sotiladigan mahsulotlarning imiji va brendi shakllanishiga
yordam berish.
Ulgurji firmalar bir tomondan o‘zlari uchun alternativ ishlab
chiqaruvchilar izlab, yangi-yangi mahsulotlarni sotib olish va sotishni
maqsad qilsa, ikkinchi tomondan yangi
sotish bozorlarini ham izlaydi,
yangi iste’molchilar segmentini tovarlarga jalb qiladi. Ulgurji firmalar
bozorlar haqida axborotga ega bo‘lib, korxonalarni iste’molchilar
talablari, bozor holati bilan bog‘liq axborotlar bilan ta’minlaydi. Shu
bilan birga iste’molchilarni bozor konyunkturasi, yangi tovar haqidagi
ma’lumotlar bilan tanishtiradi.
Dostları ilə paylaş: