245
mahsulot yetkazib beruvchining materialni jo‘natish stansiyasigacha
(pristangacha) tashib olib borish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlarini
ham o‘z ichiga oladi. Ammo vagonlarga, kema, barjalarga ortish
xarajatlari bundan mustasno. Mahsulotni ortish, mahsulot yetib borgan
joyda uni tushirish, iste’molchining omborigacha tashib borish
xarajatlari bu xil franko narxiga kirmaydi. Bu narxlar amalda mol
yetkazib beruvchini materialning to‘liq va sifati buzilmagan holda tashib
olib borilish javobgarligidan ozod etadi.
3. Franko-mahsulot jo‘natiladigan stansiya-vagon narxlari
mahsulotni o‘z omboridan jo‘natish stansiyasiga (pristanga, portga)
tashib borish bilan bog‘liq xarajatlarni, vagonlarni shaxobcha yo‘llarga
chiqarish, teplovozlar manevri uchun to‘lovlar, mahsulotni vagonlarga
(kemalarga) ortish xarajatlari, mahsulotni jo‘natayotganda bo‘ladigan
transport tashkilotlari tomonidan joriy qilingan (masalan, mahsulotni
taroziga solish) to‘lovlar mahsulot yetkazib beruvchi zimmasiga
yuklanadi. Mazkur xarajatlardan tashqari mahsulot jo‘natish
stansiyasidan iste’molchi omboriga tushguncha o‘rtada bo‘ladigan
barcha tashish, ortish-tushirish xarajatlarini (franko-jo‘natish sanksiyasi
baholarida) iste’molchi ko‘taradi.
Bozorning turiga bog‘liq holda auksionlar, birja kotirovkalari narxi
farqlanadi.
Auksion bahosi - bu auksionda sotilgan tovarning real
bahosi. Auksion bu-tovarni raqobatli savdo yo‘li bilan sotish usuli. Sotib
oluvchi auksion ishtirokchilaridan minimal narxga erishilganlik sharti
bilan eng yuqori narxni taklif qilgan odam bo‘ladi. Auksionlarda
momiq-mo‘ynali tovarlar, choy, qadimgi predmetlar, qimmatbaho
toshlar va b.lar kabi tovarlar sotiladi.
Dostları ilə paylaş: