O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

 
Nazorat uchun savollar 
 
1. Tovar hayotiylik davri nazariyasining asoschisi kim? 
2.Tovar assortimenti, markasi, tovar nomenklaturasiga tushuncha 
bering. 
3.Tovarlar va iste’molchilar qanday turlarga bo‘linadi? 
4.Tovarni bozorga kiritishda qanday yangi yo‘llarni tavsiya 
etishimiz mumkin? Yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarishning asosiy 
bosqichlarini tushuntiring. 
5.Tovar yaratishning qanday bosqichlarini bilasiz? Shaxsiy iste’mol 
uchun ishlab chiqarilgan tovarlar harakatini qanday tasavvur qilasiz? 


236 
 
 
 
X bob. NARX VA NARX UNING SIYOSATI 
10.1. Narx tushunchasi va uning mohiyati 
 
Narx – bu raqobat, resurslarni qayta taqsimlash, kapital harakatining 
vositasidir. Narx – tovar, buyum va xizmatlar qiymatining puldagi 
ifodasi. Narx bu tovar nafliligi tan olinganda uning qiymatining pulda 
ifodalanishi, qiymatning bozorda namoyon bo‘lish shakli. 
Qiymat – bu xaridorning mahsulotdan ko‘rgan foydasi, foydalanish 
darajasi. Xaridorning mahsulotni xarid qilishi uning xohishi, didi va 
to‘lov qobiliyatiga bog‘liq, bundan tashqari agar xaridorga bitta birlik 
mahsulot kerak bo‘lsa, unda bitta turdagi to‘lash qobiliyati bo‘ladi. 
Agarda unga bir nechta mahsulot kerak bo‘lsa, unda har bir mahsulot 
uchun boshqa to‘lash qobiliyati bo‘ladi. Chunki mahsulotning keyingi 
donasi kamroq qadrli bo‘ladi. Bu haqiqat bizni agregatlashgan bozor 
talab chizig‘iga olib keladi.
Mahsulotning narxiga xaridor uni olishga tayyorligi va mahsulot-
ning nafligi ta’sir ko‘rsatadi. Agar xaridorda alternativ mahsulotni 
tanlash imkoniyati bo‘lsa, unda xaridor tomonidan mahsulotni sotib 
olish yoki olmaslik qaroriga nisbiy narx ta’sir qiladi. Bu vaziyatda 
xaridor o‘zi uchun eng ma’qul va ko‘proq foydali bo‘lgan mahsulotni 
sotib oladi.
Narx – “marketing-miks” kompleksining vositalaridan biri hisobla-
nadi. U hech qachon marketing — miksning boshqa vositalaridan 
ayrilgan holda ko‘rilmasligi kerak. Korxona biron bir “narx 
muammosini” tahlil qilganda ko‘p hollarda uning sababi narx emas, 
balki narx bilan bog‘liq bo‘lmagan raqobat ko‘rsatkichlarining zaifligi 
hisoblanadi.
Bozor xo‘jaligi faqatgina erkin raqobatli narxlar sharoitida samarali 
faoliyat yuritishi mumkin. Bunday narxlar raqobatli tanlov, talab va 
taklif nisbati, bozor muvozanatining tiklanishini hisobga olgan holda 
sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi savdo va oldi-sotdi shartnomasi 
natijasida hosil bo‘ladi. Narx-navo, ya’ni baho bozorning unsurlari 
ichida eng murakkab elementidir. U har doim o‘zgarib turadigan, 


237 
harakatchan mexanizm bo‘lib bozordagi vaziyat o‘zgarishlariga tez va 
chaqqonlik bilan moslashib boradi. 
Narx va narx belgilash siyosati marketingning bosh tarkibiy qism-
laridan biridir. Oxirgi yillarda narx bo‘yicha olib borilgan keng ko‘lamli 
ishlar natijasida mikroiqtisodiyot va marketing orasidagi masofa 
kamaymoqda. Mahsulotning narxi va nafliligi o‘rtasidagi nisbat har bir 
iqtisodiy kelishuvning asosidir. 
Narx marketing va firma faoliyatining boshqa o‘zgaruvchilari bilan 
uzviy aloqada bo‘ladi. U tovarning hayotiylik sikli davomida o‘zgarib 
turadi. Marketingda baho siyosatining mohiyati, bozorda aniq ulushga 
erishish, ko‘zda tutilgan foydani olish va boshqa strategik va tezkor 
masalalarni yechish uchun firma tovarlariga narx belgilash va narxlarni 
o‘zgartirib turishdan iborat. 
Bozor narxlarining asosiy xususiyati - ularning doimo o‘zgarib 
turish qobiliyatidir. Bu tabiiydir, chunki narxlar talab va taklifni o‘zaro 
bog‘lovchi vositadir. Bizga ma’lumki, ularning har ikkalasi ham 
harakatchandir. Shuning uchun marketing strategiyasida shunchalik 
harakatchan narxlar siyosatidan foydalaniladi. Bu siyosat tovarning 
bozordagi harakatini tovar hayotiylik davrining turli bosqichlarini 
tartibga solish va boshqarishni, bozorga yangi iste’mol tovarlari va 
ishlab chiqarish vositalarini kiritishni, eskirgan modellarni bozordan 
siqib chiqarishni ta’minlaydi. Narxlar hech qachon sababsiz o‘zgar-
maydi. Masalan, biror kamchiligi bo‘lgan va ma’naviy eskirgan tovarlar 
pasaytirilgan baholarda, hattoki, tushirilgan baholar, deb ataluvchi 
narxlarda sotiladi. Yuqori narxlar esa yuqori sifatli, yangi iste’mol 
qobiliyatiga ega bo‘lgan tovarlarga o‘rnatiladi. Rivojlangan iqtisodiyot-
ga ega bo‘lgan mamlakatlarda marketingdagi narxni tashkil qilish 
muammolarini faqatgina asosiy strategik yondashishlarigina ishlab 
chiqilishi bejiz emas, chunki narxlarning o‘zi faqat bozor subyektlari: 
sanoat va savdo firmalari, korxonalari tomonidan o‘rnatiladi va davlat 
tomonidan tartibga solinadi. Tovarning raqobatbardoshligi va bozordagi 
o‘rni narx darajasiga bog‘liq. Buning natijasi sotiladigan tovarlar 
massasida korxona ulushining oshishidir.
Narx – mahsulot sifatining indikatori sifatida. 
Bozor sharoitida narx siyosati o‘ziga xos bo‘lib, turli narxlarning 
mavjudligi bozor qonuniyatidir. Narx shakllanishida tovar bahosi uning 
sifatini bildiruvchi muhim indikator sifatida namoyon bo‘ladi. Tovar 
narxi qancha yuqori bo‘lsa, talab tushadi va aksincha, past narxda 


238 
tovarga bo‘lgan talab oshadi. Xarid qilish haqida qaror qabul qilishga 
tovar narxi miqdoriy ko‘rsatkich sifatida xizmat qilib, xarid budjetiga 
qarab u yoki bu narxdagi tovarni sotib oladi. Har doim ham narx tovar 
sifatini obyektiv baholaydi, deb bo‘lmaydi. Savdo do‘konlarining turiga 
qarab ishlab chiqaruvchidan olingan tovarlarga turli narxlar belgilanadi. 
Supermarket, Gipermarketlardagi tovar narxining oddiy kichik 
chakana savdo do‘konidagi narxlardan yuqoriligi yirik savdo markaz-
laridagi servisning yuqoriligi bilan izohlanadi.
Nima uchun tovar narxi uning sifatini o‘lchaydigan ko‘rsatkich 
sifatida namoyon bo‘ladi? 
Bu quyidagilar bilan izohlanadi: 
1. Tajribalardan ma’lumki, yuqori narx tovar sifatini past narxga 
qaraganda ko‘proq kafolatlaydi. 
2. Narx xarid jarayonida iste’molchi uchun bir o‘lchovli ma’lum 
ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi. Mahsulot narx bilan solishtiriladi. Bir 
iste’mol ehtiyojini qondiruvchi bir necha firmaning mahsuloti xaridor 
tomonidan solishtiriladi, so‘ngra xarid haqida qarorlar qabul qilinadi. 
3. Tovar narxi sotuvchi orqali xaridorga yetib boradigan signal 
bo‘lib hisoblanadi. Reklamada tovar narxi ko‘rsatilmaydi. 
Uzoq vaqt davomida bizning iqtisodiyotimizda barqaror narxlar 
holatini haqiqatda tovar va xizmatlar bilan ijtimoiy ta’minlash 
belgilaydi, degan fikr hukmron edi. O‘zgarmas narxlar barqaror ishlab 
chiqarish rivojiga va talabni qondirishga to‘sqinlik qiladi. Bugungi 
kunda narxlar tizimi ancha chalkashki, uni tushunib yetish birmuncha 
murakkab, eng asosiysi u xo‘jalik yuritishning yangi bozorlar sharoitiga 
moslashmog‘i lozim. 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida narxlar ahamiyatining ortib 
borishi kuzatilmoqda, chunki mana shu davrda umumiy ishlab chiqarish 
hajmi, xarajatlar oshishi iqtisodiy qiyinchiliklar bilan uyg‘unlashib 
ketmoqda. Moliyaviy va bank boshqarish tizimlarining susayishi, 
transport va milliy iqtisodiyot tarmoqlarining kuchsizlanishi narx 
raqobatini oshirib yubordi. Narxlar darajasi ko‘p hollarda xaridor 
tomonidan belgilanadi. Savdogar uchun marketing tizimida narx 
siyosatini olib borish birmuncha cheklangan. Ma’lumki, yuqori 
daromadli rivojlangan ba’zi bir mamlakatlarda narxning pasayishi 
sifatning yomonligidan dalolat beradi. Shuning uchun narx pasayishi shu 
davlatlarda korxona mavqeyini bozorda mustahkamlamaydi, balki uni 
raqobatdoshlilik darajasini pasaytiradi. Xaridorlar ana shu davlatlarda 


239 
yuqori sifatli mahsulotlarni yuqori narxda sotib olishga intiladilar. 
Hozirda narx raqobati asta-sekin narxsiz raqobatlarga o‘z o‘rnini 
bo‘shatib bermoqda. Marketingda narx siyosatini boshqarish masalasi u 
amal qilib turgan narx strukturasiga bog‘liq. Albatta, marketing - miks 
vositalari o‘rtasida juda katta farq mavjud. Kommunikativ va 
distribyutorlik siyosati kabi vositalar mahsulotning bozordagi yutug‘i 
uchun kerak bo‘lgan shartlardir.
Marketing — miks ichida mahsulot narxiga katta vazifa yuklanadi. 
Faqat narxgina xaridorning iqtisodiy “qurbonligi” (aniq bir mahsulot 
sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan va boshqa mahsulotlardan voz kechish) 
ni belgilaydi. Xaridor uchun narx bu “qurbonlik” hisoblanadi. Uni 
xaridor biron bir foyda yoki nafliligiga ega bo‘lish uchun to‘laydi. Biron 
bir mahsulot uchun yuqori narx to‘lash xaridor uchun boshqa biron bir 
mahsulotdan voz kechishni bildiradi. Shuning uchun u sotuvchi taklif 
qilgan narxni mahsulot nafliligi bilan va boshqa alternativ mahsulotlar 
narxi bilan solishtiradi. Shunday qilib, har xil xaridorlar uchun mahsulot 
nafliligi bo‘lishi bizni bozor segmentatsiyasiga va har xil narxlarga olib 
keladi. Xaridorlarning talablari, raqobatchilar tomonidan mahsulotlar 
doimo o‘zgarib turishini inobatga olgan holda muntazam ravishda 
narxlarni qayta ko‘rib chiqib turish lozim.
Narx marketing kompleksining boshqa uchta unsuri (tovar, savdo, 
harakatlantirish) bilan daromad keltirish borasida farqlanadi. Narx 
(baho) sotuvchi uchun o‘z mehnati taqdirlanishini ko‘rsatadi. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin