231
xususiyatlari ko‘rsatila olinmagandan tashqari tovar narxining balandligi
ham ushbu tovarni xaridorgir qilmasligi mumkin. Bundan tashqari yangi
turdagi tovarni ishlab chiqarishda mo‘ljallangandan ortiqroq sarf-xarajat
bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida, agar tovar bozorda talab qilinmasa,
ko‘riladigan zarar ham ortishini bildiradi. Ba’zan yangi turdagi tovar
ishlab chiqarish bosqichlari juda silliq ketayotganida, raqobatchi firma
undan ham sifatliroq tovar ishlab chiqarib, zarar keltirishi mumkin.
Shunday qilib, firma oldida tanlash uchun ikki yo‘l turadi, bir tomondan,
yangi turdagi tovarlarni ishlab chiqarish o‘ta zarur, ikkinchi tomondan,
yangi tovar imkoniyatining muvaffaqiyati qil ustida turadi. Bunday
murakkab va og‘ir masalani hal etish usullaridan biri shuki, firma yangi
turdagi tovarlarni o‘ylab topish, amalga oshirish ishlarini doimo,
izchillik bilan, o‘z maqsadiga yo‘naltirilgan holda olib borishi kerak.
Ya’ni firma bozori chaqqon tovarlarni ishlab chiqarish bilan birga yangi
tovarlarni dunyoga keltirish borasida uzluksiz izlanishlar olib borishi
kerak.
Yangi turdagi tovarlarni ishlab chiqarish quyidagi 8 ta bosqichdan
o‘tadi:
Dostları ilə paylaş: