365
4-masala
Turistik firmaning marketing muhiti mikro va makro muhitlarni o‘z
ichiga oladi. Mikro muhitga firmaning faoliyatiga bevosita ta’sir etuvchi
omillar kiradi. Masalan, turistik firmaning mikromuhitiga firmaning
o‘zi, uning ta’minotchilari, raqobatchilari, iste’molchilari, oradagi vosi-
tachilari hamda keng jamoatchilik fikri kiradi. Sizningcha, bu omillardan
qaysi biri eng muhim, deb sanaladi? Bu omillardan birortasini boshqa-
laridan ustun qo‘yish to‘g‘rimi?
5-masala
Toshkentdagi ayrim yuqori darajada xizmat ko‘rsatuvchi mehmon-
xonalarda sotiladigan ba’zi bir tovarlarning narxlari biroz qimmat.
Masalan, plastmassa idishdagi 1,5 litr hajmdagi mineral suvning narxi
3000 so‘m atrofida belgilangan. Xuddi shu suvni mehmonxona tash-
qarisida 1200-1300 so‘mga sotib olish mumkin bo‘lgan taqdirda narxlar-
ning bunchalik yuqori belgilanishiga nimalar sabab bo‘lgan bo‘lishi
mumkin?
6-masala
«Xushtaom» nomli umumiy ovqatlanish firmasi oshxona jihozlari,
asboblari sotib olish maqsadida «Maishiy mollar» firmasi bilan
shartnoma tuzdi. Shartnomaga ko‘ra xaridor 100 % to‘lovni amalga
oshirgandan so‘ng sotuvchi korxona asboblar va jihozlarni yetkazib
berishi lozim. Xaridor 50 % to‘lovni amalga oshira olmasligini ma’lum
qildi.Vaziyatni hal qiling. Tomonlar huquqlarini asoslab bering.
Dostları ilə paylaş: