395
GLOSSARIY
Alohida shaxslar marketingi (ingl. Celebrity marketing) — konkret
shaxslarga nisbatan pozitsiya va xulq-avtorni yaratish, saqlab turish yoki
o‘zgartirish uchun kompaniya tomonidan amalga oshiriladigan marketing
sa’y-harakatlari. Qoida tariqasida, bunday odamlar mashhur kishilar,
siyosiy liderlar, taniqli jamoat arboblaridan iborat.
Ansoff matritsasi — marketing strategiyalari va kompaniyaning
umumiy tijorat strategiyalari o‘rtasidagi aloqadorlikni o‘rganishda
foydalaniladigan format — to‘rtta yacheykadan iborat bo‘lib, bozor
shaffofligi, bozor rivojlanishi, mahsulot rivojlanishi va diversifikatsiya
aks etstiriladi.
Benchmarking — oddiy faoliyatning barcha turlarini baholash,
o‘lchash va tizimlashtirishda qiyosan olinuvchi samaradorlik, sifat yoki
afzallik standartlari. Masalan, ko‘pchilik tashkilotlar uchun bench-
marking mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni boshqarish strategiyasining
hal qiluvchi konsepsiyalaridan biridir. Mijozlar bilan o‘zaro munosabat-
larni boshqarish umumiy ko‘rinishda marketing reklama kampaniyalarini
o‘tkazish, sotuv va xizmat ko‘rsatish funksiyalari, shuningdek,
benchmarkingni tatbiq etishga yordam beruvchi texnologiyani o‘z ichiga
oladi.
Bozor - ma’lum bir tovar yoki xizmat sotuvchi (yetkazib beruvchi)
va xaridorni (talab egasi) bir joyda kesishtiruvchi institut yoki
mexanizm.
Dostları ilə paylaş: