397
qilishdan chalg‘itish) kiradigan marketing amaliyotining bir turi.
Demarketing shuningdek, biror mahsulot nuqsonlari
aniqlanganda va ana
shu mahsulotni ishlab chiqaruvchilari o‘z obro‘-e’tiborini tavakkalga
qoldirmaslikni istagan hollarda ham qo‘llaniladi.
Demping — tovarlarni tashqi bozorda ichki bozordagiga nisbatan
arzon
narxlarda sotish; ba’zan tashqi bozorni egallash uchun tovarlarni
tannarxidan, ishlab chiqarish xarajatlaridan past baholarda chetga
chiqarish (raqobatda yutish uchun ham shunday qilinadi).
Defitsit (ingl. shortage) — bozordagi bir vaziyat bo‘lib,
unda aynan
o‘sha narxda talab kattaligi taklif kattaligidan yuqoriroq bo‘ladi.
Diler — 1) qimmatli qog‘ozlar, valuta, qimmatbaho metallar oldi-
sotdisi bilan o‘z nomidan va o‘z hisobiga shug‘ullanadigan fond
birjasining a’zosi (alohida shaxs yoki firma) yoxud bank. Qimmatli
qog‘ozlar bozorining dilerlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan
professional
ishtirokchisi. Faqat tijorat tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxsgina diler
bo‘lishi mumkin; 2) ulgurji (ko‘tarasiga) olgan mahsulotini chakanalab
sotayotgan
tadbirkor; 3) ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi
tashkilotning mahsuloti yoki xizmatini aynan o‘sha tashkilotning nomidan
sotishni tashkil qiluvchi yuridik shaxs.
Dostları ilə paylaş: