O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Bum — narxlar va ishchanlik faolligining tez va barqaror ko‘tarilib  borishi.  Baho –



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə202/222
tarix07.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#72973
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   222
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Bum — narxlar va ishchanlik faolligining tez va barqaror ko‘tarilib 
borishi. 
Baho tovar qiymatining puldagi ifodasi 
Chakana savdo — aholiga to‘g‘ridan to‘g‘ri tovar sotish va xizmat
ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirkorlik faoliyatini anglatuvchi 
termin. Chakana savdo tovarlar assortimenti shakllanishida qatnashadi
xaridorlarga tovar sifat ko‘rsatkichlari haqida axborot beradi, tovarlarni 
saqlash, qo‘shimcha ishlash, baholarni belgilash va boshqa funksiyalarni 
bajaradi.
Chakana savdo texnologiyasi — istalgan har qanday do‘konning asosiy 
vazifasi bo‘lgan tovar sotishni amalga oshirish silsilasi.
11
Dagmar (ingl. dagmar) — marketingda va reklamani rejalashti-
rishda, shuningdek, amaliyotda foydalaniladigan, olingan natijalarni o‘lchash 
uchun reklama maqsadlarini belgilash. 
Demarketing (ingl. demarketing) — vazifalari sirasiga (xarid 
qilishdan yoki qanday mahsulot, masalan, sigaret, pivo iste’mol 
11
A. Mamanazarov, M. Mamanazarov. Marketing terminlari izohli lugati -T.: Sharq.2012 y. 


397 
qilishdan chalg‘itish) kiradigan marketing amaliyotining bir turi. 
Demarketing shuningdek, biror mahsulot nuqsonlari aniqlanganda va ana 
shu mahsulotni ishlab chiqaruvchilari o‘z obro‘-e’tiborini tavakkalga 
qoldirmaslikni istagan hollarda ham qo‘llaniladi. 
Demping — tovarlarni tashqi bozorda ichki bozordagiga nisbatan 
arzon narxlarda sotish; ba’zan tashqi bozorni egallash uchun tovarlarni 
tannarxidan, ishlab chiqarish xarajatlaridan past baholarda chetga 
chiqarish (raqobatda yutish uchun ham shunday qilinadi). 
Defitsit (ingl. shortage) — bozordagi bir vaziyat bo‘lib, unda aynan 
o‘sha narxda talab kattaligi taklif kattaligidan yuqoriroq bo‘ladi.
Diler — 1) qimmatli qog‘ozlar, valuta, qimmatbaho metallar oldi-
sotdisi bilan o‘z nomidan va o‘z hisobiga shug‘ullanadigan fond 
birjasining a’zosi (alohida shaxs yoki firma) yoxud bank. Qimmatli 
qog‘ozlar bozorining dilerlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan professional 
ishtirokchisi. Faqat tijorat tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxsgina diler 
bo‘lishi mumkin; 2) ulgurji (ko‘tarasiga) olgan mahsulotini chakanalab 
sotayotgan tadbirkor; 3) ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi 
tashkilotning mahsuloti yoki xizmatini aynan o‘sha tashkilotning nomidan 
sotishni tashkil qiluvchi yuridik shaxs.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin